O‘zbekiston | 15:18 / 18.01.2021
2394
1 daqiqa o‘qiladi

Qurolli Kuchlar qo‘llanilishini rejalashtirish tartibi takomillashtiriladi 

O‘zbekistonda Qurolli Kuchlar qo‘llanilishini rejalashtirish tartibi takomillashtiriladi. Bu haqda Harakatlar strategiyasini “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi loyihasida aytilgan.

Qayd etilishicha, normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari ishlab chiqiladi. Loyihalarda O‘zbekiston Qurolli Kuchlari qo‘llanilishini rejalashtirish asoslari, tartibi, ta'minot choralari, vazirlik va idoralarning vakolatlarini belgilash, fuqarolar va tashkilotlarning huquq va majburiyatlarini aniqlashtirish nazarda tutiladi.

Ijro uchun mas'ullar - Mudofaa vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiya, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Adliya vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar.

Mavzuga oid