Turkiya hukumati koronavirusga qarşi ommaviy emlaşning ikkinçi bosqiçiga ötdi, deb xabar bermoqda Haber Turk telekanali.
Telekanalning ma'lumot berişiça, şifokorlardan söng qariyalar va nogironlar uyi xodimlari hamda u yerda yaşovçilarni emlaş boşlangan.
Turkiya soğliqni saqlaş vazirligining statistikasiga köra, hozirgaça mamlakatda 867 mingdan ortiq kişi koronavirusga qarşi emlandi.
Turkiyada Xitoyning Sinovac Biotech korporatsiyasi işlab çiqargan CoronaVac vaksinasi röyxatga olingan. Mamlakatda ommaviy emlaş 14 yanvarda boşlandi.











