Yiğilişda mahallalarda ijtimoiy-ma'naviy muhit barqarorligini ta'minlaş masalalariga alohida e'tibor qaratilgan. «Bir ziyoli – bir mahallaga ma'naviy homiy» tamoyili asosida har bir mahallaga professor-öqituvçi va taniqli ziyolilar biriktirilişi ma'lum qilindi. Şuningdek, Toşkent şahar nuroniylarining tarbiyasi oğir, işsiz yoşlarga kömaklaşiş böyiça taşabbusi qöllab-quvvatlandi.
Hududlar markazida namunaviy loyiha asosida ma'naviyat va ma'rifat maskanlarini barpo etiş, mahalliy budjetlar hisobidan sohaga qöşimça ştatlar ajratiş böyiça körsatma berildi.
Toşkent şahridagi «Ğalaba boği» majmuasini xalqimiz, ayniqsa, yoşlar uçun harbiy tarix va ajdodlarimiz qahramonligini örganiş böyiça ilmiy markazga aylantiriş taklifi bildirildi.
Yoşlarni vatanparvarlik, milliy iftixor ruhida tarbiyalaş, buning uçun tarixni yaxşi örgatiş, bu yönalişdagi ilmiy tadqiqotlarni kengaytiriş muhimligi ta'kidlandi.
«Milliy tarixni milliy ruh bilan yaratiş kerak. Aks holda uning tarbiyaviy ta'siri bölmaydi. Biz yoşlarimizni tarixdan saboq oliş, xulosa çiqarişga örgatişimiz, ularni tarix ilmi, tarixiy tafakkur bilan qurollantirişimiz zarur», degan Şavkat Mirziyoyev.

Mutasaddilarga Özbekistonda tarix fanini 2030 yilgaça rivojlantiriş konsepsiyasini işlab çiqiş vazifasi qöyildi.
Özbek tilining davlat tili maqomini kuçaytiriş, yurtimizda va xorijda uni örganiş böyiça zamonaviy texnologiyalarni joriy etiş yuzasidan körsatma berildi.
«Bugun hayot yangiça fikrlaş va işlaş, milliy «aql markazlari»mizni şakllantirişni talab etmoqda. Afsuski, atrofimizdagi barça siyosiy-ijtimoiy jarayonlarni çuqur tuşunib, ta'sirçan tilda yetkazib beradigan tahlilçi va ekspertlarimiz juda kam. Bunday vaziyatda jamiyatimizni ma'naviy tahdidlardan himoya qiliş borasidagi ilmiy-amaliy tadqiqotlarni tubdan qayta körib çiqiş zarur. Şu ma'noda, Ma'naviyat va ma'rifat, «Taraqqiyot strategiyasi», Islom sivilizatsiyasi markazlari, ijtimoiy-gumanitar yönalişdagi tadqiqot institutlari haqiqiy «aql markazlari»ga aylanişi kerakligi ta'kidlandi», deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida.
Milliy ğoya tarğiboti, ma'naviy-ma'rifiy işlar samaradorligini oşiriş, jamiyatda adabiyot va kitobxonlikni yanada rivojlantiriş maqsadida «Ijod» jamoat fondi negizida Ma'naviyat va ijodni qöllab-quvvatlaş fondi taşkil etilişi qayd etildi.
Bu jamğarmaga 120 milliard söm ajratilib, ma'naviy-ma'rifiy tarbiya va tarğibot-taşviqot işlarini samarali amalga oşiriş, milliy adabiyotimizni rivojlantiriş uçun sarflanadi. Bu mablağning 90 milliard sömi hududlarda ma'naviy-ma'rifiy sohalarni rivojlantirişga, 20 milliard sömi Yozuvçilar uyuşmasi faoliyatini qöllab-quvvatlaşga, 10 milliard sömi mamlakat miqyosida ma'naviy-ma'rifiy işlarni samarali taşkil qilişga yönaltiriladi.

Şu yildan boşlab, ma'naviyat va ma'rifat sohasi ixtisosliklarini fanlar klassifikatoriga kiritiş, bu yönaliş böyiça yetuk kadrlar tayyorlaş böyiça topşiriqlar berildi.
Kitobxonlik madaniyatini kengaytiriş, kino san'atini izçil rivojlantiriş, barça telekanallar qoşidagi badiiy kengaşlar faoliyatini tanqidiy tahlil qilib, teledasturlarning saviyasini oşiriş masalalariga ham alohida e'tibor qaratildi.
«Agar kimdir, ma'naviyat masalasi – bu faqat Ma'naviyat markazi yoki tegişli vazirlik va idoralarning işi, deb öylasa, xato qiladi. Bularning barçasi oldimizda turgan eng asosiy, eng muhim vazifalardan biridir», – degan prezident.
Videoselektor yiğilişida muhokama qilingan masalalar böyiça soha mutasaddilari, öqituvçi va professorlar, vazirlar, viloyat hokimlari fikr bildirdi.











