Prezident matbuot xizmati xabariga köra, uçraşuvda ötgan yili sodir bölgan tabiiy ofat yodga olindi.
– 2020 yil Vatanimiz uçun, şu jumladan, Buxoro viloyati uçun juda katta sinovlar yili böldi. Bu yerda yuz bergan tabiiy ofat iqtisodiyotga, infratuzilmaga, odamlar 30-40 yillab qurgan uylariga katta talafot yetkazdi. Biz xalqimizning sabr-toqati, birdamligi, hamjihatligi bilan bu balolardan qudratli bölib çiqamiz, deb niyat qilgandik, mana, şu natijalarga erişdik, – dedi prezident.
Heç bir oila e'tiborsiz qoldirilmagani ta'kidlandi. Xususan, “Saxovat va kömak” umumxalq harakati doirasida Olot, Qoraköl va Jondordagi ehtiyojmand oilalarga qariyb 14 milliard söm moddiy yordam körsatilgan.
Aholi farovonligini oşirişga qaratilgan işlar izçil davom ettirilişi, buning uçun quyi tizimdagi rahbarlar uyğonişi, jon kuydirişi kerakligi aytildi.

– Bugun bu yerga kelişimdan maqsad – xalqimizni köproq eşitiş, ertangi marralarni belgilaşda töğri yöl tutiş. Tuman hokimlari va mahalla raislari özlarini qiynayotgan muammolarni oçiq-oydin aytib, ularning yeçimi böyiça takliflarini bildirsa, niyatimiz amalga oşadi, – dedi davlat rahbari.
Hududlarni rivojlantiriş dasturi hamda kambağallikni qisqartiriş rejalari mahallabay tizim asosida işlab çiqilişi ta'kidlandi.
– Mahalla raisi qaçon obröli böladi? Xalq dardini rahbarlarga lönda qilib qöysa. Hamma masala avvalo mahallada hal bölsagina odamlar rozi böladi, – dedi Şavkat Mirziyoyev.
Bu yil yoşlar va oilaviy tadbirkorlik loyihalari uçun Qoraköl tumaniga 36 milliard söm, Olot tumaniga 21 milliard, Jondor tumaniga 49 milliard söm mablağ ajratiladi. Qoraköl kasb-hunarga öqitiş markazida 980 nafar işsiz va çet elda işlaş istagi bölgan fuqarolar turli kasblarga öqitiladi.

2021-2022 yillarda Olotda 42 ta, Qorakölda 56 ta, Jondorda 67 ta loyiha amalga oşirilib, 3 mingta doimiy iş örni yaratiş rejalaştirilgan.
Olotda loyiha qiymati 20 million dollar bölgan logistika markazi, Qorakölda oltingugurtni qayta işlaş korxonasi, Jondorda keramik plitalar işlab çiqariş obekti işga tuşiriladi. Kiçik sanoat zonalari taşkil etiladi.
Qişloq xöjaligida ham foydalanilmagan imkoniyatlar bor. Joriy yilda 18 kilometr melioratsiya tarmoqlari qurilib, Janubiy Olot xöjaliklararo kollektori rekonstruksiya qilinadi. Natijada foydalanişdan çiqqan yerlar qayta özlaştirilib, bozorbop mahsulotlar yetiştiriladi.
Prezident ijtimoiy sohalarni rivojlantiriş masalalariga alohida töxtaldi. Xususan, Olot tumanida kinoteatr va kutubxonani öz içiga olgan Ma'naviyat va madaniyat markazi qurilişi qayd etildi. Şuningdek, maktab, bolalar boğçasi, tibbiyot muassasalari, ijtimoiy xizmat obektlari barpo etiladi.
Bu yil Qoraköldagi Xalqaro matematika maktabi rekonstruksiya qilinib, 200 örinli yotoqxona qurilişi ta'kidlandi. Bu dargohning iqtidorli yoşlari IT sohasiga jalb qilinadi.
Jahon banki iştirokidagi Olot va Qoraköl tumanlari içimlik suv ta'minotini yaxşilaş böyiça 139 million dollarlik loyiha yakunlanib, 265 ming aholi içimlik suvi bilan ta'minlanadi. Bu ikki tumanda 30 yilda içimlik suvi ta'minoti 17 foiz bölgan, joriy yilda bu körsatkiç 90 foizga yetadi.
Davlat rahbari uçraşuvda mahalliy aholining murojaatlarini inobatga olib, Olot-Toşkent temir yöl qatnovi qayta tiklanişini ma'lum qildi.












