«BCT Cluster» paxta-töqimaçilik klasteri – Özbekistonda eng birinçi tuzilganlardan. U 2017 yil 19 maydagi prezident qaroriga asosan taşkil etilgan.
Prezident matbuot xizmati xabariga köra, klaster paxta yetiştirişdan tortib, uni çuqur qayta işlaşgaça bölgan barça texnologik jarayonlarni özlaştirgan. Romitan tumanidagi 8 ming gektar maydonda paxta yetiştirilsa, uning tolasidan ip yigiriş, kalavani böyaş, mato töqiş va kiyim tikiş yölga qöyilgan.

«Bukhara Cotton Textile» korxonasi – uşbu işlab çiqariş zanjirining oxirgi xalqasi hisoblanadi. Uni taşkil etiş uçun 65 million dollardan ziyod investitsiya yönaltirilgan.
Davlat rahbari korxonadagi iş jarayonini, mahsulotlar sifatini közdan keçirdi.

«Jinsi matolar va mahsulotlar çiqariş böyiça eng ilğor davlatlar bilan raqobat qiliş mumkin. Çunki yerimiz, suvimiz, paxtamiz özimizniki. Işlayman degan yoşlarimiz köp. Tannarxni yana pasaytirsa böladi. Lekin sifati xalqaro darajada bölsa, dunyoda albatta öz örnini topadi», – dedi Şavkat Mirziyoyev.
Mazkur töqimaçilik korxonasida 1500 nafar, klaster bilan qöşib hisoblaganda 6000 nafar xodim faoliyat yuritmoqda.
Klaster 2020 yilda 8,2 million dollarlik mahsulot eksport qilgan. Özbekistonning elçixonalari kömagida çet ellarda savdo nuqtalari taşkil etiş rejalaştirilmoqda. Dastlabki hisob-kitoblarga köra, bu orqali yiliga örtaça 50-60 million dollar miqdorida valuta tuşumiga erişiş mumkin.
Korxonada işlab çiqarilayotgan jinsi matolari rangining tabiiyligi bilan ham içki va taşqi bozorda ustunlikka ega. Buning uçun çet eldan indigofera ösimligi uruği olib kelinib, 80 gektar maydonda yetiştirilmoqda.
Prezident mahsulotlar turini köpaytiriş, dunyoga maşhur brendlar bilan hamkorlikda kiyimlar işlab çiqariş zarurligini ta'kidladi.
Şu yerda 2021–2022 yillarga möljallangan Buxoro viloyatida amalga oşiriladigan investitsiya loyihalari, yoşlar bandligini ta'minlaş rejalari taqdimoti ötkazildi.

«Xalq içida yurib, har bir yoşning muammosini eşitib, nazoratga olib, oxir oqibat hal etib bersak, vaziyat özgaradi. Yoşlar işlari agentligining asosiy vazifasi şu bölişi kerak», – dedi Mirziyoyev.
Yoşlarni kasbga yönaltiriş, tadbirkorlikka öqitiş, biznesi va hunarmandçiligini oçişga kömaklaşib, bandligini oşiriş çoralari muhokama qilindi.












