Nokia kompaniyasi 2019 yil bahorida ekranlarga çiqişi kerak bölgan filmning reklama hamkorlaridan biri hisoblanadi. Bondiananing “Ölişning mavridi emas” (No Time to Die) deb nomlangan yangi qismida josus Jyeyms Bond Nokia 8.3 5G smartfonidan foydalanadi.
Biroq film premerasi dastlab rejissyor bilan muammo, keyinroq 2020 yilda pandemiya sababli ikki marta köçirilgan. Yaqinda esa uning 2021 yil oktyabriga köçirilişi haqida e'lon qilindi. Bunga fin kompaniyasining filmdagi smartfoni eskirib qolgani tufayli u aks etgan sahnalarning Nokia’ning yangi gadjetlari bilan boşqatdan suratga olinişini istagani sabab bölgan.












