Vazirlar Mahkamasining «Ilmiy-tadqiqot va loyihalaş instituti – Kimyo texnologiyalari markazini taşkil etiş» investitsiya loyihasini amalga oşiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi qarori qabul qilindi. Bu haqda Norma xabar bermoqda.
 
2019 yil 6 dekabrda Moliya vazirligi, Investitsiyalar va taşqi savdo vazirligi, «Özkimyosanoat» AJ va Koreya Respublikasining Eksimbanki örtasida Ilmiy-tadqiqot va loyihalaş instituti – Kimyo texnologiyalari markazini taşkil etiş investitsiya loyihasini birgalikda amalga oşiriş va moliyalaştiriş töğrisidagi Özaro anglaşuv memorandumi imzolangan.
 
Loyihani amalga oşiriş uçun «Özkimyosanoat» AJ muassisligida «Toşkent kimyo-texnologiya ilmiy tadqiqot instituti» MÇJ taşkil etildi.
 
2020 yil may oyida umumiy qiymati 53,8 mln AQŞ dollariga teng bölgan loyihaning texnik-iqtisodiy asosi tasdiqlandi va belgilangan tartibda vakolatli davlat organlarida ekspertizadan ötkazildi. Loyiha 2024 yil dekabrda işga tuşiriladi.
 
Quyidagilar loyihani moliyalaştiriş manbalari etib belgilandi:

Koreya Respublikasi Eksimbanki tomonidan 40 yil muddatga, şu jumladan 10 yil imtiyozli davr bilan, yillik foiz stavkasi 0,15 foizni taşkil etuvçi 40 mln AQŞ dollari miqdorida ajratiladigan kredit;

«Özkimyosanoat» AJ va uning tarkibidagi taşkilotlarning sof foydasidan Innovatsion faoliyatni qöllab-quvvatlaş jamğarmalariga ajratiladigan mablağlarning 50 foizini yönaltiriş hisobidan 13,8 mln AQŞ dollari.
 
Qaror bilan loyihaning texnik-iqtisodiy parametrlari, loyiha böyiça asosiy qarzni, unga hisoblangan foizlarni va boşqa tölovlarni qaytariş prognoz jadvali tasdiqlandi.
 
Belgilanişiça, Koreya Respublikasi Eksimbanki krediti böyiça asosiy qarz, unga hisoblangan foizlar va boşqa tölovlar «Özkimyosanoat» AJ va uning tarkibidagi taşkilotlarning sof foydasi, Innovatsion faoliyatni qöllab-quvvatlaş jamğarmalari mablağlari hamda Toşkent kimyo-texnologiya ilmiy tadqiqot institutining innovatsiyalar va patentlarni sotişdan tuşgan tuşumlari hisobidan qoplanadi.