Professional ringda faoliyatini davom ettirayotgan özbekistonlik boksçi Bektemir Meliqöziyev 13 fevralda AQŞda amerikalik Morgan Fitçga qarşi jang ötkazadi. Bu haqda uning menejyeri Vadim Kornilov ma'lum qildi. 

Hamyurtimiz 30 yanvarda rossiyalik Sergey Kovalyovga qarşi jang ötkazişi kerak edi. Biroq jang Kovalyovning doping-namunasida taqiqlangan modda aniqlangani sababli bekor qilingandi.

Meliqöziyev va Fitch örtasidagi jang 8 raunddan iborat böladi va Golden Boy Promotions taşkillaştiradigan boks keçasi doirasida bölib ötadi. 

24 yoşli Bektemir professional boksdagi faoliyatini 2019 yil iyundan boşlagan va şu kungaça 6ta jang ötkazib, ularning barçasida ğalaba qozongan. U oxirgi jangini 2020 yil oktyabrda meksikalik Alan Kampaga qarşi ötkazib, 2-örta vaznda WBO Inter-Continental çempionlik kamarini qölga kiritgan.

Meliqöziyevning bölğusi raqibi Morgan Fitch 37 yoşda bölib, öz faoliyatida 24 ta jang ötkazib, 19ta ğalaba, 4ta mağlubiyat va bitta durang natija qayd qilgan.