Xalq deputatlari Farğona viloyati kengaşining sessiyasida aholini iş bilan ta'minlaş va turmuş şaroitlarini yaxşilaş vazifalari belgilandi.

Şahar va tumanlarni mahallabay tizimda rivojlantiriş maqsadida viloyatdagi 76ta sektorning har birida iqtisodiy kompleksning malakali xodimlaridan iborat boşqaruv ofislari taşkil etilişi aytildi. Bu mutaxassislar mahallaga biriktirilgan bank xodimlari bilan birga, joylardagi şaroitni örganib, loyihalarni şakllantiradi va amalga oşirişga kömaklaşadi. Zarur bölsa, işsiz aholi, yoşlar va ayollar kasb-hunarga örgatiladi.

Farğona viloyatida 2021-2022 yillarda umumiy qiymati 17 trillion sömlik 949 ta investitsiya loyihasi amalga oşirilişi ta'kidlandi. Bunda kimyo, töqimaçilik, çarm-poyabzal, quriliş materiallari, elektrotexnika sanoati «drayver» böladi.

Xususan, «Farğona azot» aksiyadorlik jamiyatida jami 537 million dollarlik 3ta loyiha, töqimaçilikda 154 million dollarlik 14ta loyiha amalga oşiriladi.

Viloyatda yer resursi çeklangani sababli çöl joylar, yaylov va adirliklarda 33 ming gektar yer özlaştiriladi. Bunga sarflanadigan 350 milliard sömlik xarajatlarning 110 milliard sömi subsidiya hisobidan qoplab beriladi.

Ijtimoiy sohalarni, infratuzilmani rivojlantiriş çora-tadbirlari belgilandi. Joriy yilda viloyatning 11ta joyida 105ta köp qavatli uylar barpo etilişi ta'kidlandi. 312 milliard söm markazlaşgan mablağlar hisobidan 503 kilometr yöllarni ta'mirlaş böyiça vazifa qöyildi.

Yangi taşkil etilgan Farğona jamoat salomatligi tibbiyot instituti salohiyatidan samarali foydalangan holda, maqsadli tibbiy körik va konsultatsiyalar ötkaziş, birlamçi tibbiyot böğinini rivojlantiriş uçun 16ta oilaviy şifokorlik punkti va oilaviy poliklinika taşkil etiş böyiça körsatmalar berildi.

Prezident yoşlar va ayollar bandligini ta'minlaş masalalariga alohida e'tibor qaratdi.

Joriy yilda Farğona viloyatidagi 19ta tuman va şaharlarda bittadan Yoşlar sanoat va tadbirkorlik zonasi taşkil etilişi, «Yoşlar: 1+1» loyihasi doirasida 8 mingdan ziyod işsizlar tadbirkorlik va kasb-hunarga öqitilişi belgilandi. Xotin-qizlarning öz işini oçişiga kömaklaşiş, muhtojlarning uy sotib olişi uçun boşlanğiç badal pullarini tölab beriş, ajralişlarning oldini oliş muhimligi ta'kidlandi.