AQŞdagi maşhur Newsweek jurnalida Özbekistonning AQŞdagi favqulodda va muxtor elçisi Javlon Vahobovning «AQŞ özining Markaziy Osiyodagi iştirokini saqlab qolişi kerak» sarlavhali maqolasi naşr etildi. Maqolada Özbekistonning mintaqadagi siyosati va Jo Bayden administratsiyasining hududda mavjud bölişi zaruriyatlari haqida gap boradi.

Şuningdek, maqolada prezident Şavkat Mirziyoyev olib borayotgan yaxşi qöşniçilik siyosati Markaziy Osiyo davlatlari orasida özaro işonç ruhini tiklagani va hududdagi infratuzilma rivojlanişiga imkon yaratayotgani yoritilgan.

Eronning «ITNA News» axborot agentligida «Şavkat Mirziyoyev: Yangi Özbekiston maktab ostonasidan boşlanadi» sarlavhali maqola e'lon qilingan. Unda prezidentning Oliy Majlisga yöllagan murojaatidagi yangi Özbekiston ta'lim tizimi, maktablar va tarbiya jarayonidan boşlanişi borasidagi fikrlar örin olgan. Şuningdek, maqolada 2021 yil Özbekistonda maktabgaça ta'lim qamrovi 65 foizgaça yetkaziş közda tutilgani, 30ta yangi maktab quriş va 320ta maktabni ta'mirlab, moddiy texnik bazasini ta'mirlaş uçun budjetdan 2 trillion söm ajratilişi belgilangani keltirib ötilgan.

Şuningdek, Pokiston, Turkiya va Tailandning axborot tahliliy portallarida Özbekiston prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqaviy tadqiqotlar instituti mutaxassisi Abror Yusupovning maqolalari e'lon qilingan. Bu maqolalarda Özbekistondagi islohotlarning nazariy asoslari, davlat va jamiyat munosabatlaridagi özgarişlar va ularning fuqarolar hayotiga ijobiy ta'siri haqida söz boradi.

Saudiya Arabistonining «Aş-şarq Al-Avsat» xalqaro naşrida moliyaviy boşqaruv tadqiqotlariga ixtisoslaşgan mutaxassis Abdulla ar-Ridodiyning «Özbekiston – imkoniyatlar mamlakati» nomli maqolasi çop etildi.

Muallif mamlakatda özgarişlar 2018 yildan söng boşlangani, bu davrda Özbekistonga keluvçi sayyohlar va investitsiya miqdori oşgani, pandemiyaga qaramay iqtisodiy ösiş davom etayotganini qayd etib ötgan.

«Aş-şarq Al-Avsat» gazetasida Özbekistonda ACWA Power kompaniyasi tomonidan amalga oşirilayotgan yirik loyihalar yoritilgan. ACWA Power Özbekistonda ekologik toza energiya işlab çiqaruvçi uçta stansiya quradi. Investitsiya loyihalari qiymati 2,5 mlrd dollarga teng. Uçta stansiyaning umumiy quvvati 2 500 MVt böladi.

Germaniya taşqi savdo va investitsiya agentligi saytida çop etilgan maqolada iqtisodiyotda davlat iştirokidagi bizneslarning kamayişi Özbekistondagi islohotlarning asosiy elementi sifatida baholangan.