Sönggi yillarda davlatimiz rahbariyatining taşabbusi bilan qişloq xöjaligi sohasida amalga oşirilayotgan islohotlarda tumanning meva-sabzavotçilik yönalişidagi salohiyatini tiklaş va yanada rivojlantirişga alohida e'tibor qaratilmoqda. Berilgan imkoniyatlardan unumli foydalangan tuman fermer va dehqonlari sohaga innovatsion, samarali usullarni joriy etiş orqali yuqori mahsuldorlikka erişiş yölida izlanmoqdalar.

Tumanning “Turkiston sadoqat baxt-iqboli” agrofirmasidagi “Oqsuv saxovat hosili” fermer xöjaligi rahbari Alişer Aşurov ana şunday sohaning izlanuvçan fidoyilaridan desa böladi.

Yurtimizda sönggi yillar xorijdan, asosan Gollandiya davlatidan valuta narxida olib kelinayotgan kartoşka uruğlarini özimizda yetiştiriş taşabbusi örtaga taşlanganda A. Aşurov ham xorijdan keltiriladigan kartoşka uruği örnini bosuvçi uruğçilikka asoslangan tajriba xöjaligi taşkillaşga kirişdi.

U fermer xöjaligining 20 gektar yer maydonida “Kartoşka uruğçiligi markazi” MÇJ faoliyatini yölga qöydi. Ötgan yil avvalida boşlangan bu taşabbusdan maqsad kartoşkaning mahalliy superelita navi uruğini yetiştiriş edi. Taşabbuskorning öz mablağlari va Agrobankning kredit mablağlari hisobidan amalga oşirilayotgan loyiha doirasida fermer 20 gektar yer maydonini 30 sotixdan işçilarga bölib berdi va har bir maydonda turli xil kartoşka navlari uruğini yetiştiriş tajriba uçastkalari hosil qilindi. 

Dastlabki urinişdagi natijalar yomon emas, 20 gektar maydonning har gektaridan 38 mln sömdan sof foyda olindi.

Loyihaning keyingi bosqiçida A. Aşurov uruğçilik markazi negizida kartoşkaçilik klasteri taşkillaşga kirişdi. Şu tariqa, hududdagi fermer xöjaliklari va aholi tomorqalarini klasterga jamlaşi natijasida kartoşka uruğçiligiga asoslangan xöjalik yer maydoni 143 gektarga yetkazildi.

Klasterda alohida tomorqa yerlariga xizmat körsatiş ham yölga qöyildiki, natijada klasterda  jami iş örinlari soni 424taga yetkazildi. Bunda 150ta doimiy va 274ta mavsumiy iş örinlari yaratildi.

E'tiborlisi, klasterga biriktirilgan aholi tomorqalari hisobiga tumanning Oqsuv-Ğovazon, Ğovazon, Boğiston va Yangi Boğiston mahallalari hududidagi 116 nafar işsiz va 34 nafar kam ta'minlangan aholi iş bilan ta'minlandi. “Kartoşka uruğçiligi markazi” klasterga birikkan fermer xöjaliklari va tomorqa yerlariga uruğlik va mineral öğitlar yetkazib beradi va şu asosda yetiştirilgan jami kartoşka uruğlari “Kartoşka uruğçilik markazi” MÇJ orqali iste'molçilarga yetkazib beriladi.    

 – Respublika Fermerlar kengaşi raisi hamda partiyamiz ijroiya qömitasi raisi Axtam Hayitov ötgan yil hududimizga taşrifi çoğida markazimiz faoliyati bilan tanişib, yöl-yöriq va maslahatlar berdilar. Faoliyatimizga oq yöl tiladilar. Maqsadimiz yurtimiz dehqonlariga xorijdan qimmat narxda olib kelinadigan kartoşka uruğlari örniga mahalliy mahsuldor uruğlik yetkazib beriş, – deydi Alişer Aşurov.

A. Aşurovning rejalari ulkan. U klasterida yetiştirilgan kartoşka uruğlarini butun Farğona vodiysi dehqonlariga yetkazib berişni maqsad qilgan.

Özbekiston Liberal-demokratik partiyasi
Matbuot xizmati