Özbekiston elçisi Oybek Şaxavdinov Vengriya qişloq xöjaligi va tabiiy fanlar universiteti — MATE professori, kartoşkaçilik böyiça mutaxassis Jolt Polgar bilan uçraşdi, deb xabar bermoqda "Dunyo".

Muloqot çoğida Toşkent viloyatining Yuqori Çirçiq tumanida taşkil etilgan Özbekiston–Vengriya kartoşkaçilik ilmiy markazi doirasidagi loyihalarni amalga oşiriş istiqbollari muhokama qilindi.

Jolt Polgar Özbekiston sabzavot, poliz ekinlari va kartoşkaçilik ilmiy-tadqiqot instituti bilan markaz faoliyati istiqbollari yuzasidan mazmunli muzokaralar olib boriş uçun 20-22 may kunlari Özbekistonga borayotganini ma’lum qildi.

Tomonlar, şuningdek, ikki mamlakat mutaxassislari va işbilarmon doiralarini jalb qilgan holda kartoşkaçilik sohasida hamkorlikni rivojlantirişning yangi yönalişlari böyiça fikr almaşdilar.