Kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot instituti Farg‘ona stansiyasi tashkil etiladi
“Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot instituti Farg‘ona ilmiy tajriba stansiyasini tashkil etish to‘g‘risida”gi hukumat qarori loyihasi e’lon qilindi.
Qishloq xo‘jaligi vazirligi va Farg‘ona viloyati hokimliklarining Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot instituti Farg‘ona ilmiy-tajriba stansiyasini tashkil etish taklifiga rozilik beriladi.
Ilmiy tajriba stansiyasi vazifalari etib quyidagilar belgilanadi:
- sabzavot, poliz va kartoshka ekinlari mahalliy tuproq-iqlim sharoitlariga mos, serhosil, kasallik va zararkunandalarga bardoshli hamda sifat ko‘rsatkichlari yuqori bo‘lgan nav va duragaylarini yaratish hamda birlamchi urug‘chiligini tashkil etish bo‘yicha ilmiy-tadqiqotlarni rivojlantirish;
- sabzavot, poliz va kartoshka ekinlarini yetishtirish zamonaviy resurs tejaydigan texnologiyalarini ishlab chiqish, mexanizatsiyalash darajasini oshirish va qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishiga joriy etish;
- ilg‘or xorijiy tajribalarni qo‘llagan holda sabzavot, poliz va kartoshka ekinlarini yetishtirish va ular hosildorligini oshirish bo‘yicha ilmiy asoslangan tavsiyalar ishlab chiqish.
Belgilanishicha:
- ilmiy-tajriba stansiya ilmiy tashkilot shaklidagi yuridik shaxs maqomiga ega davlat muassasasi hisoblanadi;
- institut ilmiy-tajriba stansiya muassisi hisoblanadi va ular faoliyatini muvofiqlashtirib boradi.
Belgilab qo‘yilishicha:
- ilmiy-tajriba stansiyasini budjet mablag‘lari hisobidan saqlash xarajatlarini moliyalashtirish 2022 yilda O‘zbekiston respublika budjetidan birinchi darajali budjet mablag‘larini taqsimlovchi sifatida Qishloq xo‘jaligi vazirligiga ajratiladigan mablag‘lar doirasida amalga oshiriladi, 2023 yildan boshlab davlat budjeti parametrlarida nazarda tutiladi;
- ilmiy-tajriba stansiyasi tuzilmasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi tizimidagi ilmiy-tadqiqot institutlari ilmiy-tajriba stansiyalari namunaviy tuzilmasiga asosan shakllantiriladi.
Qishloq xo‘jaligi vazirligi Farg‘ona viloyati hokimligi bilan birgalikda Farg‘ona shahar hokimligi zaxira yer balansida bo‘lgan «Umid nigohi» massivi Mustaqillik hududidan 19,16 gektar yer maydonini ilmiy-tajriba stansiyasiga doimiy foydalanish huquqi asosida ajratib berishni ta’minlaydi.
Ilmiy-tajriba stansiyasi ma’muriy binosi Farg‘ona shahar Farovonlik ko‘chasi 12-uyda joylashgan Farg‘ona viloyati hokimligi balansida bo‘lgan (sobiq Tut parvonasiga qarshi kurashish bo‘limi ma’muriy binosi)ga operativ boshqaruv huquqi bilan joylashtiriladi.
Tavsiya etamiz
Leapmotor avtomobillarining O‘zbekistonga importi cheklangani yuzasidan izoh berdi
O‘zbekiston | 15:52 / 11.04.2025
“Yaqin kunlarda rekord issiqlik to‘lqini kutilmoqda” – iqlimshunos Erkin Abdulahatov
O‘zbekiston | 13:00 / 10.04.2025
O‘zbekistonliklarni haqoratlagan tiktoker qamoqqa olindi
Jamiyat | 09:52 / 10.04.2025
Xitoy o‘z fuqarolarini AQShga bormaslikka chaqirdi
Jahon | 22:59 / 09.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Reuters: Trampning maxsus vakili Oq uyga Kremlning pozitsiyasini yetkazdi
Jahon | 01:04
-
Rossiyada tug‘ilish darajasi so‘nggi 200 yildagi eng past ko‘rsatkichga tushib ketdi
Jahon | 00:32
-
3D-printer yordamida bosilgan temiryo‘l stansiyasi olti soat ichida qurildi
Fan-texnika | 00:20
-
Surxondaryoda sudyaga 1000 dollar pora taklif qilgan advokat ushlandi
O‘zbekiston | 23:16 / 11.04.2025
Mavzuga oid

10:37 / 11.04.2025
Farg‘onada 120 mln dollarga metallurgiya zavodi quriladi

17:46 / 04.04.2025
Farg‘onadagi YTHda ikki kishi halok bo‘ldi

09:41 / 22.03.2025
40 metrli quduq tubida qolib ketgan fuqaro qutqarildi

22:49 / 12.03.2025