“Prezident Şavkat Mirziyoyevning 2020 yil 29 dekabrdagi Oliy Majlisga yöllagan murojaatnomasida 2021 yilning oxiriga qadar elektron davlat xizmatlarini 60taga köpaytirib, ularni 300taga, masofaviy xizmatlar uluşini esa kamida 60 foizga yetkaziş zarurligi ta'kidlangan.

Bundan taşqari, 2020 yil 5 oktyabrdagi “Raqamli Özbekiston – 2030” strategiyasini tasdiqlaş va uni samarali amalga oşiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi prezident farmonida 2021 yilda talabgorligi yuqori bölgan 60ta davlat xizmatini Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali joriy qiliş hamda takomillaştiriş maqsadida ustuvor davlat xizmatlari röyxatini şakllantiriş va tasdiqlaş uçun kiritiş belgilangan.

Şundan kelib çiqib, mavjud davlat xizmatlari tahlil qilingan holda, 2021 yilda davlat xizmatlarini ustuvor ravişda elektron şaklga ötkaziş böyiça çora-tadbirlar dasturi işlab çiqildi”, deya agentlik axborot xizmati rahbari Sevara Zokirovaning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Qayd etilişiça, çora-tadbirlar dasturi hozirça loyiha maqomida bölib, u ayni paytda jamoatçilik muhokamasiga qöyilgan. Muhokama 16 fevralga qadar davom etadi. 2021 yilda qaysi davlat xizmatlari elektron şaklga ötkazilişini xohlovçilar uşbu havola orqali loyiha yuzasidan öz takliflarini bildirişi mumkin.

Muhokamalardan söng “2021 yilda davlat xizmatlarini ustuvor ravişda elektron şaklga ötkaziş böyiça çora-tadbirlar dasturi” boş vazir tomonidan tasdiqlanişi belgilangan. Dastur davlat boşqaruvi organlari, vazirlik va idoralar tomonidan an'anaviy tarzda yoki boşqa manbalar orqali elektron körsatilayotgan talabgorligi yuqori bölgan davlat xizmatlarini Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali körsatiş yölga qöyilişini közda tutadi.