“Taʼlim va ilm-fan vazirligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi prezident qarori qabul qilindi.

Qarorga koʻra, Taʼlim va ilm-fan vazirligi taʼlim, ilm-fan va ilmiy faoliyat sohasidagi vakolatli respublika ijro etuvchi hokimiyat organi hisoblanadi.

Vazirga istisno tariqasida vazirlikning markaziy apparatiga 2027-yil 1-fevralga qadar xodimlarni toʻgʻridan toʻgʻri suhbat asosida ishga qabul qilish vakolati beriladi.

Vazirlikda autsorsing asosida quyidagi faoliyat yoʻlga qoʻyiladi:

  • aholi murojaatlari, shikoyatlari, takliflari va eʼtirozlarini qabul qilish, ularni tezkor koʻrib chiqish hamda tegishli tashkilotlarga yoʻnaltirish maqsadida “Call-markaz”;

  • aholi hamda taʼlim va ilm-fan tizimi xodimlari bilan tizimli muloqotni taʼminlash, taʼlim xizmatlari sifati, ommabopligi va mavjud muammolar yuzasidan tezkor axborot olish hamda tahlil qilish maqsadida qayta aloqa tizimi.

Taʼlim va ilm-fan vaziri huzurida taʼlim oluvchilar, talabalar, ota-onalar, pedagoglar va ish beruvchilar vakillaridan iborat Taʼlim boʻyicha jamoatchilik kengashi tashkil etiladi.

Vazirlik hayʼati vazir (hayʼat raisi), uning oʻrinbosarlari, Vazirlik huzuridagi agentliklar direktorlari, shuningdek, yetakchi oliy taʼlim tashkilotlari rektorlari, olimlar va pedagoglar orasidan 15 nafar aʼzodan iborat tarkibda tuziladi.

Qarorga binoan:

  • Prezident Administratsiyasi huzurida Inson kapitalini rivojlantirish va uzluksiz taʼlim strategiyasini ishlab chiqish boʻyicha maxsus ishchi guruh tashkil etiladi;