Vazirlar Mahkamasining “2021-2023 yillarda Toşkent şahrining Yangihayot tumanini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş dasturi töğrisida”gi qarori loyihasi e'lon qilindi.
Qayd etilişiça, qaror loyihasining maqsadi Toşkent şahrining Yangihayot tumanini ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan rivojlantiriş, sanoat va eksport salohiyatini yanada kengaytiriş, muhandislik-kommunikatsiya va işlab çiqariş infratuzilmasini modernizatsiya qiliş, xizmat körsatiş sifatini yanada yaxşilaş, aholining bandligi ta'minlaş va daromadlarini oşiriş orqali kambağallikni qisqartirişdan iborat.
Qaror loyihasida yöl-transport infratuzilmasi va elektr energiya, tabiiy gaz, içimlik suvi hamda aloqa tarmoqlarini rekonstruksiya va modernizatsiya qiliş uçun 1 trln söm, ijtimoiy infratuzilmani rivojlantiriş, hududlarning arxitektura qiyofasini özgartiriş, zamonaviy obektlar quriş hamda kökalamzorlaştiriş işlari uçun 1,3 trln söm, köp kvartirali uy-joylarni ta'mirlaş va ular atrofini obodonlaştiriş tadbirlari uçun 2,2 mlrd söm yönaltirilişi rejalaştirilgan.
Bundan taşqari, sanoat, quriliş va xizmat körsatişni rivojlantiriş sohalarida 2021-2023 yillarda 4,5 trln sömlik 57ta investitsiya loyihalari işga tuşirilişi natijasida 16 027ta yangi iş örinlari yaratiladi.
Ma'lum qilinişiça, Yangihayot tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş orqali aholi turmuş tarzi sifatini oşiriş, bandlikni ta'minlaş, tadbirkorlikni rivojlantirişda qulay şaroitlar yaratilişiga erişiladi.











