Toşkent şahar IIBB ijtimoiy tarmoqlarda noma’lum şaxs dökon yoniga örnatilgan xayriya qutisini öğirlab ketgani aks etgan video böyiça rasmiy ma’lumot berdi.

Ma’lum qilinişiça, 28 yanvar kuni soat taxminan 18.00 larda noma’lum şaxs poytaxtning Yangihayot tumani “Taşabbus” mahallasi hududidagi dökonlarning biri oldida örnatilgan ehson qutisini öğirlab, hodisa joyidan yaşiringan.

Körilgan çora-tadbirlar natijasida uşbu jinoyatni sodir etişda gumon qilingan fuqaro D.I. aniqlanib, qölga olingan.

“Holat yuzasidan Yangihayot tumani IIO FMB tomonidan tergovga qadar tekşiruv ötkazilmoqda. Tekşiruv yakuni böyiça qonuniy qaror qabul qilinişi ta’minlanadi”, deyiladi xabarda.