"Rossiyskaya gazeta" şarhlovçilari ayrim ilovalar befoyda, ayrimlari esa zararli bölgani uçun smartfondan öçirib taşlaşni tavsiya qilişdi, deb yozadi Tengrinews.kz.
Ekspertlar birinçi navbatda raqam aniqlaydigan ilovalarni zararli deb ataşdi. Ularning sözlariga köra, bunday dasturlar smartfondagi telefon raqamlariga oid barça ma'lumotlarni köçirib oladi, bundan taşqari, smartfon egasining ismi va telefon raqamini boşqalarga berişi mumkin.
Keyingi örinda batareya quvvatini tejaydigan dasturlar aytildi. Foydalanuvçilarga smartfon sozlamalaridagi quvvat tejaydigan funksiyadangina foydalaniş tavsiya qilindi. Mutaxassislarning aytişlariça, quvvat tejaydigan ilovalardan heç qanday foyda yöq.
Şuningdek, "xotira tozalaydigan" dasturlar ham befoyda deb topildi.
"Ular ham xuddi batareya tejaydigan ilovalar kabi işlaydi. Xotira bir ozga yengillaşadi, ammo bu juda qisqa vaqt davom etadi", - deyiladi maqolada.
Bundan taşqari, fonarlar, QR-kod skanerlari ham xavfli deb topilgan.












