Viloyat adliya boşqarmasining aniqlaşiça, mudiraning iş joyini özgartirişda Mehnat kodeksining 88-moddasi talablari buzilgan holda, ya'ni uning roziligi olinmasdan, viloyat maktabgaça ta'lim boşqarmasining buyruği bilan u Töraqörğon tumani 44-sonli MTT mudirasi lavozimiga tayinlangan.
«Namangan viloyat adliya boşqarmasi tomonidan aniqlangan qonun buziliş holatlarini bartaraf etiş va mudiraning iş joyini özgartiriş haqidagi viloyat maktabgaça ta'lim boşqarmasining buyruğini bekor qiliş haqida 2021 yil 3 fevralda taqdimnoma kiritilgan.
Taqdimnoma talablari bajarilib, fuqaroning buzilgan huquqlari tiklanib, u yana Töraqörğon tumanidagi 7-sonli davlat MTT mudirasi lavozimiga qaytarilgan», – deyiladi Adliya vazirligi Kun.uz'ga taqdim etgan ma'lumotda.
Ta'kidlanişiça, viloyat MTB mansabdor şaxslari tomonidan mehnat töğrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilmaganlik holatlari yuzasidan aybdor bölganlarga nisbatan ma'muriy javobgarlik çorasini köriş haqida viloyat bandlik boş boşqarmasiga taklif kiritilgan.












