Maʼlum bölişiça, Töraqörğon tumanining bir qismidan oqib ötuvçi Sirdaryo daryosi atrofida mahalliy tadbirkorlar qirğoqda dam oliş maskanlari taşkil etib, tadbirkorlik bilan şuğullanadi. Dam oliş uçun kelganlarga katerda sayr qiliş faoliyati ham yölga qöyilgan.
23-avgust kungi baxtsiz hodisada ana şunday 10 ta katerdan 3 tasi iştirok etgan.


Katerimda 6 ayol bor edi...
“Öşa kuni katerimga olti nafar ayol kişi olgan edim. Ayollar “sekinroq haydang, oramizda yoşi kattalar bor, qörqişadi” deyişgani uçun sekin haydadim. Harakatlanayotgan paytimda oldimdan ikkita kater ötdi, ularga yöl berdim. Keyin sekin harakatlanib ketayotgan vaqtimda, boşqa bir kater çap tarafimdan kelib urib, odamlarimning ustiga çiqib ketgan... Agar yonidan kelib urganda ölim holati bölmasligi kerak edi.
Katerni boşqariş uçun Toşkentda öqib maxsus guvohnoma olganman”, – deydi şifoxonada davolanayotgan kater haydovçisi Nurmuhammad Habibullayev.


Katerlar faoliyati töxtatilgan
“23-avgust kuni asrdan keyin daryoda töpolon bölib ketdi. Qarasam, ikki kater töqnaşgan ekan. Odamlar halokatga uçraganlarga yordam beriş uçun suvga tuşişdi. Suvda çökiş holati bölmadi – katerga çiqqanlarga odatda qutqaruv nimçalari beriladi, hammada “jilet” bor edi.
Şu voqeadan keyin katerlarning hammasini tortib qöyişdi, yaʼni olib çiqib taşlaşdi suvdan. Kutilmagan baxtsiz hodisa böldi-da, dam oliş uçun kelgan opa-singillar halok bölişdi”, – deydi voqea guvohi Abdulla Abdumannonov.
“Öğlim 8 yildan beri kater haydar edi”


















