Veterinariya va çorvaçilikni rivojlantiriş davlat qömitasidan ma'lum qilişlariça, yangi ixtiro qilingan antigenni keng kölamda işlab çiqariş yölga qöyilgan.
«Tadqiqot ustida iş olib borgan olimlar jamoasining fikriça, ötgan yilning avgust oyida Toşkent viloyatining çorvaçilik xöjaliklarida mazkur antigenning klinik sinovlari ötkazilgan va 98,2 foiz samarador ekani isbotlangan.
Ayni paytda mazkur antigenni keng kölamda işlab çiqariş uçun veterinariya dori vositalarini işlab çiqaruvçi «BIOVET» MÇJ va Veterinariya ilmiy tadqiqot instituti örtasida 111 million söm qiymatidagi şartnoma imzolangan.
Ta'kidlab ötamiz, özbek olimlari tomonidan ixtiro qilingan mazkur antigen çorva xayvonlarining tuberkulyoz (sil) kasalligi qözğatuvçisini bugun dunyo böylab işlatilayotgan şu turdagi vositalardan ikki barobar tez va yuqori sifatda aniqlaşi tasdiqlangan», – deyiladi xabarda.












