Turkiyaning eng ommaviy savdo sayti Sahibinden.co ma'lumotlariga köra, oxirgi vaqtda Antaliyada 234ta mehmonxona sotuvga qöyilgan.

Sotuvga qöyilgan mehmonxonalardan eng qimmatining narxi 585 mln turk lirasini (85 mln dollar atrofida) taşkil qiladi. Qonakli tumanida joylaşgan 5 yulduzli mehmonxona 330ta xonaga ega bölib, unda bir vaqtda mingga yaqin kişi joylaştirilişi mumkin.  

Eng arzon obekt 5,2 mln turk lirasiga (750 ming dollar) baholangan.

Alanyaning turistik operatorlari uyuşmasi vitse-prezidenti Mehmet Dohoöğluning aytişiça, avval ham mehmonxonalar sotilgan, biroq bunday köp sonda emas.

“Örta yer dengizi hududidagi köplab sayyohlik obektlarining sotilişiga asosiy sabab pandemiya yuzaga keltirgan iqtisodiy inqiroz hisoblanadi. Yöqsa kim daromad keltiradigan, bandlikni ta'minlaydigan biznesini sotgan bölardi?”, deb aytgan Dohoöğlu.

Turk mehmonxonalari pandemiya sababli sayyohlar oqimi 80 foizga kamayib ketgandan keyin qiyinçilik seza boşlagan. Turkiya otelerlari federatsiyasining baholaşiça, 2021 yilda Turkiyaga 25-30 mln xorijlik sayyoh kelişi mumkin. Vaholanki, 2019 yilda sayyohlar soni 50 mlnga yaqinni taşkil qilgan.