Rossiyada koronavirusga qarşi uçinçi vaksina röyxatga olindi.

"Bugun "KoviVak" vaksinasi röyxatga olinganini qayd etamiz, uni Çumakov nomidagi markaz işlab çiqqan. Mart örtalarida dastlabki 120 ming doza vaksina fuqarolar uçun çiqariladi", - deb ma'lum qildi Rossiya boş vaziri Mixail Mişustin.

Uning bildirişiça, Rossiya koronavirusga qarşi uçta vaksinaga ega dunyodagi yagona mamlakat böldi.

"KoviVak" hozirça klinik sinovlarning uçinçi bosqiçidan ötkazilmagan. Sinovlar u röyxatdan ötkazilganidan keyin boşlanadi.

Hozirda Rossiyada aholi asosan "Sputnik V" vaksinasi bilan emlanmoqda. Mamlakatda şuningdek, "EpiVakKorona" vaksinasi röyxatdan ötkazilgan va işlab çiqarilişi yölga qöyilgan.

10 fevral holatiga köra, Rossiyada 1,7 mln kişi ikki doza, 2,2 mln kişi esa bir doza vaksina bilan emlangan.

Mixail Mişustinning ma'lum qilişiça, bugunga qadar 10 mln dozadan ortiq "Sputnik V" va 80 ming dozaga yaqin "EpiVakKorona" vaksinasi işlab çiqarilgan.