«Maxsus rakurs» körsatuvida xabar qilinişiça, davlat rahbari kartoşka yetiştirişni rivojlantirişga alohida e'tibor qaratgan.
Boş vazir örinbosari Şuhrat Ğaniyev «bu rivojlanmagan yönalişlardan biri» deb ta'rif bergan bölsa, prezident qişloq xöjaligi vaziriga kartoşkaçilikda hosilni köpaytiriş, bu yönalişda vengriyalik hamkasblari bilan hamkorlik ustida işlaş böyiça topşiriq berdi.
«Bitta kollejni olib böşatginda, Xöjayev qoşida..., ularning odamlarini qisqartirib, pul berib, aylanma mablağ qilib. Çet elga juda katta kartoşka ketyapti-da. Ikkinçidan, Özbekiston şaroitida bekordan bekor yerning vaqtini ötkazyapmiz. Qayerga kartoşka ekişni bilmaymiz, qaysi navni ekişni bilmaymiz, qaysi yönaliş böyiça, kartoşkaning turlari böyiça qilolmayapmiz. Özbekistonda bu - ikkinçi non. Hozirgi hisob-kitob böyiça 1 mln 800 ming kartoşka kerak bölsa, 2 mln 700 mingga yerimiz bor, lekin hosildorlik yöqligi uçun heç qanday pirovard maqsadga erişa olmayapmiz», - dedi davlat rahbari.












