Xalq ta'limi vazirligi Özbekistondagi yaxşi isimayotgan maktablar haqida xabar berişni söradi.
«Yurtimizda havo haroratining keskin sovişi sababli fuqarolardan maktablardagi qoniqarsiz issiqlik tizimi haqidagi ma'lumotni vazirlikning hududlardagi ştablariga mazkur havoladagi raqamlar orqali hamda @maktab_uzedubot boti orqali xabar berişlari söraladi.
Bundan taşqari, Xalq ta'lim vazirligi tomonidan har bir tuman (şahar)da taşkil etilgan Ekspluatatsiya xizmatlariga zudlik bilan barça maktablarni issiqlik bilan ta'minlanganligi, isitiş qozoni va qozonxonalarining sozlik holati, maktab sinfxonalari haroratini tekşirib çiqib, mavjud muammolarni joyida tezkor hal etiş çoralarini köriş topşirildi», deyiladi vazirlik matbuot xizmati xabarida.
Ma'lumot uçun, mazkur Ekspluatatsiya xizmati tasarrufidagi umumta'lim muassasalari sonidan kelib çiqib jami 352ta «Damas» rusumli avtotransport vositalari ajratilgan va ularga GPS-treker uskunasi örnatilib, ularning harakati viloyat boşqarmalari va vazirlikning Quriliş boşqarmasi tomonidan doimiy monitoring qilinadi. Xizmatlar kerakli iş qurollari, asbob-uskunalari (elektr va gaz payvandlagiçlar, kesiş va duradgorlik moslamalari, santexnika va elektr uskunalari) bilan ta'minlangan.











