«Ötgan 4 yilda davlat dasturlari asosida 140 ming yoki yiliga örtaça 35 mingdan uy-joylar barpo etilgan bölib, bu oldinlari yiliga qurilgan örtaça uy-joydan 4-5 baravar köp, degani. Lekin, bu yetarli emas.

Hisob-kitoblarga köra, mamlakatimiz aholisining uy-joyga bölgan ehtiyojini töliq qondiriş uçun yiliga kamida 100-150 mingta uy-joy quriş kerak», deya davlat rahbarining sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Aholini uy-joy bilan ta'minlaşga oid yangi farmon loyihasi tayyorlangan.

Uşbu farmonda, eng muhimi aholining barça qatlamlarini uy-joy bilan ta'minlaş va bu borada ularning tanlaş imkoniyatlarini kengaytiriş közda tutilmoqda.

Birinçidan, joriy yilda 54 ming oilalarni uy-joy bilan ta'minlaş zarur.

Jumladan, davlat ipoteka dasturi doirasida jami 45 mingta yoki ötgan yilga nisbatan 2 baravar köp uy-joylar quriladi.

Şundan:

  • «Qişloq quriliş invest» va «Şahar quriliş invest» tomonidan 12 mingta;
  • yangi tartib böyiça Moliya vazirligi tijorat banklariga joylaştiradigan resurslar hisobiga 26,5 mingta kvartira;
  • har bir viloyatda yakka tartibdagi uy-joy quriş uçun 500tadan, jami 6,5 mingta oilaga kredit ajratiladi.

Şuningdek, xususiy tadbirkorlar tomonidan qurilişi boşlangan 8 mingta kvartira joriy yilda foydalanişga topşiriladi.

Bundan taşqari, oğir turmuş şaroitiga tuşib, boşpanasiz qolgan 1 mingta oila, ayniqsa ayollarga «ijtimoiy uy-joylar» ijara asosida ajratiladi.

Jami 54 ming uy-joydan: Qoraqalpoğistonda – 2 290ta, Andijonda – 4 665ta, Buxoroda – 3 220ta, Jizzaxda – 1 670ta, Qaşqadaryoda – 3 710ta, Navoiyda – 1 836ta, Namanganda – 4 025ta, Samarqandda – 4 479ta, Surxondaryoda – 3 989ta, Sirdaryoda – 1 414ta, Toşkent viloyatida – 4 046ta, Farğonada – 4 530ta, Xorazmda – 3 016ta va Toşkent şahrida – 7 556ta uy-joy topşiriladi.