Bir neça oy oldin «Zakovat» efirdan olingani ma'lum bölgaç, Mass-media fondi rahbarlari Komil Allamjonov va Saida Mirziyoyeva klubni homiylikka oldi. Köp ötmay «Zakovat» NNT sifatida davlat röyxatidan ötdi va yangi mavsum özgaça tarzda boşlab yuborildi.
Klubga a'zo böliş uçun ariza topşirganlar soni 13 mingdan ortiq. Kun.uz tajribali zakovatçilar va intellektual klubning yangi a'zolari bilan suhbatlaşdi.
«Ilk öyinimga 20 yil, jamoamni taşkil etganimga 10 yil böldi»
Jobir Ahmedov, Toşkent tibbiyot akademiyasi dekan örinbosari, «Zakovat» magistri:
— «Zakovat» ilk taşkil topgan paytda men tibbiyot institutining 2-bosqiç talabasi edim. Oradan 20 yil ötdi. Şu muddat orasida öyinni biror marta taşlab qöygan vaqtim bölmadi. Doimiy maşqlarda, suratga oliş jarayonlarida qatnaşib kelyapmiz.
Öyinda iştirok etişim qiziqiş tufayli bölgan. 20 yil oldin körsatuvning ilk soni efirga ketganda, «Nima uçun men ham borişim kerak emas, men ham şu savollarga javob topa olaman-ku», degan fikr paydo bölgan va kastinglarda qatnaşganman.

Dastlab Ğanişer Rahmatullayev jamoasida öynaganman, öz jamoamni taşkil qilganimga esa 10 yildan oşdi. Hozirgaça şu jamoamiz bilan maşğulotlarda, musobaqalarda qatnaşib kelamiz.
20 yildan beri «Zakovat» klubida qatnaşib kelayotgan bölsak, faqatgina ekran öyinlari uçun u yerga bormaymiz. Töğri, ekran öyinlari faoliyatimizni körsatib beruvçi asosiy manba. Lekin efirsiz ham faoliyatimiz töxtab qolmasdi.
Öyin efirdan olingan ma'lum muddat xavotirga tuşdik. Sahnadan tuşişimiz yoki e'tibordan çetda qolişimizni öylab emas. Yengil-yelpi yoki faqat köngiloçar emas, odamlarni fikrlaşga, muammolarga yeçim topişga örgatadigan öyin olib taşlansa, tomoşabin nimani köradi, deb xavotirga tuşgandik.
«Ilk efirga çiqişim tasodifiy bölgan»
Bobur Yoqubov, Respublika sud tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazi Toşkent şahar filiali davlat sud-eksperti, «Zakovat» klubi magistri:

— «Zakovat» klubi ilk taşkil etilgan yillari bilimli, aqlli yoşlarni taklif etişyapti, deb meni ham çaqirişgandi. Öşanda öyinni birinçi marta televizor orqali körganman va Milliy universitetning madaniyat saroyidagi klub yiğilişiga qatnaşganman. Birinçi marta imtihondan ötib, har hafta 2 marta borib turadigan böldik.
Ilk efirga çiqişim tasodifiy bölgan: rejissyorlar jamoasining öyini suratga olinişi kerak edi. Ulardan bir kişi kela olmay qolgan: Ğanişer Rahmatullayev, Nuriddin Qosimov va Zulfiqor Musoqovlar jamoasida öynaganman.
Keyinroq öz jamoamizni tuzdik, 4-5ta jamoalar öynay boşlagaç, mavsum öyinlarini ötkaza boşladik. Şu taxlit öyinlar doimiy davom etib ketdi.
«Zakovat» eng yaxşi loyihalar boşlanişi uçun turtki bölişi kerak»
Nikita Makarenko, yangi taşkil etilayotgan «Zakovat» rus ligasi piar direktori:

— «Zakovat» klubi eng iste'dodli, intellekti baland yoşlar uçraşadigan va fikr almaşadigan maskanga aylanadi. Va bu klub turli sohalarda eng yaxşi loyihalarning boşlanişi uçun turtki böladi.
Masalan, biz nimaga Silikon vodiysini juda köp tilga olamiz. Bu vodiyda ham avvaliga faqat Stenford universitetining kampusi joylaşgan. U yerda dasturçilar, dizaynerlar, rassomlar, tadbirkorlar özaro uçraşgan va turli soha vakillarining muloqotlari oxir-oqibatda katta loyihalar boşlanişiga sababçi bölgan.
Işonamanki, «Zakovat» klubi ham xuddi şunday vazifani bajaradi.

Yaxşi «zakovatçi» böliş uçun
Jobir Ahmedov tavsiyalari:
1. Intellektual öyinlar uçun savollar tuziş kerak. Inson qança köp savol tuzsa, şunça köp narsa örganadi. Bitta savolni tuzişga oylab vaqt ketişi mumkin. Bu payt inson öşa savolga aloqador turli yönalişdagi bilimlarni örganadi, uni mantiqqa boğlaydi. Töğri, boşida tuzilgan savollar öxşamasligi mumkin, lekin keyingi urinişlarda savollar mazmuni ham yaxşilanib boraveradi.
2. Intellektual öyinlar bilan doimiy şuğullaniş. Hozir internetda ham oçiq platformalar köp. Ularda qatnaşiş va natijalarni doimiy nazorat qilib boriş kerak.
3. Yoşlarning özi ham intellektual öyinlarni ötkazişga qiziqişi kerak. Buning bilan ham boşqalarning qiziqişini oşiriş, ham özlari köproq motivatsiya olişlari mumkin.

Bobur Yoqubov tavsiyalari:
— Bilim olişning erta-keçi yöq. Kişi biror notaniş narsani körganda, notaniş narsani eşitganda, uning nima ekani, qanday ma'no anglatişini bilişga qiziqişi lozim. Şunday yöl bilan inson qaysi yoşda bölsa ham, köp narsa örganişi mumkin. Köp narsa biliş esa faqat foyda beradi.
Klub 2021 yildan faoliyatini kengaytirgaç, turli sohalarda faoliyat yurituvçi köplab jamoatçilik faollari unga a'zo böldi. Körsatuv uçun intervyu bergan FIDe master Hulkar Tohirjonova, tadbirkorlar – Asaxiy.uz asosçisi Firuz Allayev, Paynet va LeBazar asosçisi Botir Orifjonov ham şular jumlasidan.
Körsatuvni Kun.uz'ning YouTube'dagi sahifasida töliq tomoşa qilişingiz mumkin.
Zilola Ğaybullayeva tayyorladi.
Tasvirçi va montaj ustasi – Nuriddin Nursaidov.











