Prezident administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Özbekiston terma jamoasini Qirğizistonda ötkazilgan Zakovat Asian Cup II musobaqasi ğolibi bölganligi bilan tabrikladi.
“Keça Bişkekda Zakovat Asian Cup II turniri yakunlandi. Unda Özbekiston va Qirğiziston terma jamoalari intellektual kuraşda özaro kuç sinaşdi. Raqibimizning munosib öyini barça muxlislarni bir oz hayajon va xavotirga solgan bölsa-da, jamoamiz uyga ğalaba bilan qaytdi. Tabriklayman”, deb yozdi u.
Saida Mirziyoyevaning ta’kidlaşiça, bu öyin ikki xalqni birlaştirdi, kötarinki kayfiyat in’om etdi va çegaraning ikki tarafidan jamlangan köplab odamlarni döstlaştirdi.
U qirğizistonliklarga samimiy qabul va mehmondöstlik uçun taşakkur bildirdi.







Avvalroq Saida Mirziyoyeva Qirğizistonga taşrifi çoğida prezident Sadir Japarov va Qirğiziston prezidenti administratsiyasi rahbari Adilbek Qasimaliyev bilan uçraşgandi.












