Toşkentda 18 dekabr kuni oliy ta’lim taşkilotlari talabalari örtasida Intellektual olimpiada öyinlari yakunlandi. Tadbir Milliy mass-mediani qöllab-quvvatlaş va rivojlantiriş jamoat fondi, “Zakovat intellektual klubi” NNT, Yoşlar işlari agentligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamkorligida taşkil etildi.
21 noyabr kuni barça hududlardagi oliy ta’lim muassasalari talabalari örtasidagi Intellektual olimpiadaning hududiy saralaş bosqiçi ötkazilgan edi. Unda 132 ta OTM jamoalari hamda 1056 nafar talaba iştirok etib, ulardan eng kuçli 50 ta OTM hamda 550 nafar talaba turnirning final bosqiçiga yöl oldi.

Intellektual olimpiadaning respublika bosqiçi 15–18 dekabr kunlari Toşkent şahrida bölib ötdi. Jamoalar 6 ta yönalişda - “Zakovat”, “Breyn-ring”, “Erudit-kvartet”, “Şaxsiy öyin”, şaxmat va şaşka öyinlari böyiça bellaşuv olib bordi.
Turnirning sovrin jamğarmasi 5 mlrd 400 million sömni taşkil etdi. Şundan 4,5 mlrd söm prezident sovğasi sifatida quyidagi oliy ta’lim muassasalariga topşirildi:
1-örin - Özbekiston milliy universiteti (2 mlrd söm);
2-örin - Toşkent davlat tibbiyot universiteti (1,5 mlrd söm);
3-örin - Fan va texnologiyalar universiteti (1 mlrd söm).
Intellektual olimpiada doirasidagi barça yönaliş ğoliblari:
Breyn-ring öyinida:
1-örin: Toşkent davlat tibbiyot universiteti (100 mln söm);
2-örin: Toşkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filiali (60 mln söm);
3-örin: Özbekiston milliy universiteti (40 mln söm).

“Zakovat” öyinida:
1-örin: Özbekiston Milliy universiteti (100 mln söm);
2-örin: Farğona davlat universiteti (60 mln söm);
3-örin: Qoraqalpoq davlat universiteti (40 mln söm).


















