SPB TV kompaniyasi va MTRK örtasida 12ta özbek tilidagi telekanallarni mart oyidan boşlab MDH davlatlarida namoyiş etiş böyiça şartnoma tuzildi.

«Kelişuvga muvofiq, birinçi marta özbek tilidagi kontentlar Rossiya va MDH mamlakatlaridagi televizion platformalarga rasmiy kiriş huquqini oladi. Potensial ravişda barça hududlardagi tomoşabinlarning soni kamida 2,5 million kişini taşkil qiladi», deyilgan kompaniya matbuot xizmati xabarida.

Translatsiyalar mart oyida boşlanişi rejalaştirilgan va ba'zi provayderlar bilan kelişuvlarga erişilgan.

MDH davlatlaridagi tomoşabinlar özbek tilida yangiliklar, sport va köngiloçar dasturlardan barça media qulayliklari yordamida foydalanişi mumkin.

SPB TV boş direktori Kirill Filippov hozirda Özbekistonning 2 milliondan ortiq fuqarolari doimiy ravişda Rossiyada yaşaşini qayd etib ötgan.

«Uşbu auditoriya öz ona tilidagi dasturlardan ajralib qoldi. Bizning MTRK bilan kelişuvimiz bu muammoni hal qiladi. Işonamanki, özbek tilidagi sifatli va xilma-xil dasturlar talabga javob beradi va monetizatsiya uçun yangi istiqbollarni oçib beradi», deb ta'kidlagan u.