Rossiyada mehnat migrantlaridan olaböji obrazi yasalib, ularni asossiz yoki arzimas sabablar bilan qamaş, döpposlaş, tahqirlaş va uruşga jönatiş odatiy holga aylanib qoldi. Har oy qaysidir ksenofob amaldor migrantlar haqida biror salbiy taklif kötarib çiqadi, natijada mehnat muhojirlariga çeklovlar köpayib boryapti.

Xöş, aslini olganda, joriy şart-şaroitlarda xorijiy işçilarsiz Rossiya iqtisodiyoti “ötirib” qolmaydimi?

Rossiya mehnat bozoridagi vaziyat

Rossiya uzoq yillardan beri jiddiy demografik muammoga duç kelyapti: aholi qariyapti, tuğiliş darajasi past, mehnatga layoqatli yoşlar uluşi qisqarib boryapti. Sönggi yillarda bu muammo yanada keskinlaşdi. Harbiy safarbarlik, emigratsiya va pandemiya natijasida yuz minglab mahalliy işçi kuçi bozorni tark etdi. Natijada iqtisodiyotning asosiy tarmoqlarida mehnat resurslari tanqisligi yuzaga keldi. Aynan şu böşliqni migrantlar, xususan Markaziy Osiyodan kelgan işçilar töldirib turibdi.

Rossiya Içki işlar vazirligi ma’lumotlariga köra, mamlakatda rasman işlayotgan çet el fuqarolari soni taxminan 3 mln kişi. 2024 yilda patent asosida işlayotgan migrantlar tölagan soliq qariyb 124 mlrd rublni taşkil etgan. 2025 yilning 5 oyida bu körsatkiç 35 foizga oşgan. Ya’ni Rossiya budjeti migrantlar hisobidan katta daromad köryapti. Mamlakatdagi umumiy xorijlik işçilar soni esa 6-6,5 mln atrofida ekani taxmin qilinadi. Bu uluş umumiy mehnat bozorining 7–8 foizini taşkil qiladi.

2025 yilda Rossiyada işsizlik darajasi 2,1 foizgaça pasaydi. Bu SSSR parçalanib ketgan 1991 yildan keyingi davrdagi eng past körsatkiç. Bir qaraşda, işsizlik qança past bölsa, şunça yaxşidek körinadi, lekin aslida har doim ham unday emas. Öta past darajadagi işsizlik ham çuqur iqtisodiy muammolardan darak beradi. Şu boisdan tahlilçilar Rossiyadagi işsizlik darajasining öta pastligini iqtisodiyot uçun ijobiy emas, balki inqiroz belgisi sifatida baholayapti.