16 dekabr kuni Moskva oblastidagi maktablardan birida tojikistonlik mehnat muhojiri farzandi, 10 yoşli Qobiljon Aliyev şu maktabning 15 yoşli öquvçisi Timofey tomonidan piçoqlab öldirildi. Bu qotillik Rossiyadagi millatçilik mavzusini yana bir bor muhokamalar markaziga çiqardi. Rus jamiyatida bunday kayfiyat paydo bölişi nimalar bilan boğliq? Hukumat bunga qarşi kuraşadimi? Kun.uz faollar bilan şu kabi savollar atrofida suhbatlaşdi.

Suhbatda siyosatşunos Kamoliddin Rabbimov, ham siyosatşunos, ham huquqşunos, ham jamiyatşunos Hamid Sodiq hamda huquq sotsiologiyasida professor Rustam Örinboyev iştirok etdi. Quyida intervyudan qisqa şarh keltiriladi.

“Ular ksenofobiya bilan patriotizmni qoriştirdi va bu – Rossiyaning fundamental muammosi”

Kamoliddin Rabbimov ayni holatga ijtimoiy tarmoqlarda yangrayotgan “faşizm” atamasini işlatib bölmasligini, bu ijtimoiy harakat uçun siyosiy motiv bölişi kerakligini bildirdi.

“Ya’ni faşizm qaçon faşizm böladi? Qaçonki, agar bu keng harakat bölib, bu yerda köpçilik iştirok etadigan bölsa va mana şu harakatning a’zolariga yoki butun bir harakatga faşizm deyiş mumkin. Bu – yakka şaxs, bölib ham öspirin, ya’ni ösmir bolaning bitta qilgan işi. Endi, özbek ijtimoiy tafakkurida faşist degan sözni işlatamiz, qaçonki vahşiylik yuqori bir darajaga çiqadigan bölsa. Kimdir boşqaga, zaifga nisbatan ayovsiz kuç işlatayotgan bölsa, biz instinkt şaklida, ya’ni instinktiv bir tarzda uni faşist deb ataymiz. Lekin sotsiologik ta’riflarga köra, faşizm bu asosan keng, mafkuraviy bir platformaga, mafkuraviy qaraşga ega bölgan, ma’lum bir siyosiy maqsadlarni közlovçi va yuqori darajadagi agressiya, kuç işlatiş, heç qanday bir gumanizm qoidalariga töğri kelmaydigan kuç işlatişga nisbatan faşizm deyiladi. Demak, bu atamani hozir iste’moldan çiqarib taşlaymiz”, – deydi u.

Siyosiy tahlilçiga köra, ayni holat ksenofobiyaga misol böla oladi. Rabbimov ksenofobiyani nafaqat bu qörqiş, balki u nafratga teng ekanini, Rossiyada, umuman, rus sivilizatsiyasi yoki Rossiya jamiyatida covet ittifoqi tarqalgandan keyin taşqi dunyoga nisbatan yovqaraş odatiy holga aylanganini tuşuntirdi.

“Mening qölimda Rossiyaning özidagi sotsiologik sörovnomalar bor, Levada Markazi 2024 yilda ötkazgan. Demak, bu – Rossiyaning içkarisidagi juda ham salohiyatli bölgan sotsiologik tadqiqot markazi. Ular reprezentativ, ya’ni butun bir jamiyatning ijtimoiy qatlamlari böladi: neça foiz ayol, neça foiz erkak, oliy ma’lumotli, Moskvada yaşovçi, viloyatlarda yaşovçi[ligiga ajratgan] va reprezentativ sörovnomalarga köra, Rossiyadagi permanent ksenofobiya darajasini körsatiş mumkin.