Samarqand tumanida spirtli içimlik içib mast bölgan şaxs «ulfat»ining boşiga aroq şişasi bilan urib, uning ölimiga sabab bölgan. Bu haqda IIV huzuridagi tergov departamenti ma'lum qilmoqda.
Qayd etilişiça, 2021 yilning 1 mart kunidan 2 mart kuniga ötar keçasi soat 00:30 larda Samarqand tumani Şörboyça mahallasi hududida joylaşgan oşxonada 48 yoşli Yu.O. tanişi 34 yoşli S.B. bilan birga spirtli içimlik iste'mol qilib, mast bölgan.
Şundan söng, «ulfatlar» örtasida özaro janjal kelib çiqadi va Yu.O. «şişadoşi» S.B.ning boşiga aroq şişasi bilan urgan. Oqibatda S.B. özini boşqara olmay bino yertölasiga yiqilib tuşadi va hodisa joyida vafot etgan.

Ta'kidlanişiça, mazkur holat yuzasidan Samarqand tumani IIB huzuridagi Tergov bölimi tomonidan Yu.O.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi «d» bandi (qasddan badanga oğir şikast yetkaziş) bilan jinoyat işi qözğatilib, protsessual tartibda uşlangan. Hozirda tergov davom etmoqda.












