AQŞ Aeronavtika va kosmik makonni tadqiq etiş milliy boşqarmasi (NASA) yaqin ön yil içida Oyga birinçi ayolni uçirişni rejalaştirmoqda. Bu haqda CBS News xabar berdi.

NASA kosmik parvozlar rahbari Çarli Blekvell-Tompsonning sözlariga köra, «Artemida» dasturi doirasida rejalaştirilayotgan missiyaga töqqiz nafar erkak va töqqiz nafar ayol kiritiladi.

Şu bilan birga, CBS News’ning qayd etişiça, mablağlar ortiqça sarflanişi sababli «Artemida» dasturini amalga oşiriş keçikmoqda.

NASA avvalroq Oyning Quyoş yoritib turadigan tomonida suv borligini isbotlaydigan dalillar topilganligi haqida xabar qilgandi. Ammo tadqiqotçilar uning miqdori juda ozligini qayd etişgan.