Toşkent viloyati Qibray tumanining Öngqörğon mahallasidagi fermer xöjaliklarining örtasidan ötgan ariqdan har kuni ikki mahal qonli suv oqayotgani haqida video tarqalgandi. Toşkent viloyati ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qiliş boşqarmasi, Sanitariya-epidemiologiya osoyiştaligi agentligining hududiy mutaxassislari vaziyatni örgandi.
Örganiş davomida bu qonli suv «Obod Savdo Biznes» MÇJga qaraşli kuşxonadan çiqayotgani ma'lum bölgan. Korxonada jonivorlar söyilgaç paydo böladigan qonli suv aynan videoda köringan ariqqa oqizilgan. Uşbu holat yuzasidan 2021 yil 26 fevral kuni Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qiliş sohasidagi nazorat böyiça Qibray tumani inspeksiyasi tamonidan ogohlantiriş xati berilgan.
Korxona tomonidan «Tabiatni muhofaza qiliş töğrisida»gi qonunning 19-moddasi, «Suv va suvdan foydalaniş töğrisida»gi qonunning 18, 19 va 99-moddasi talablari buzilgani aniqlanib, şu asosda Ma'muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 72-moddasi 1-qismi bilan ma'muriy jazo belgilandi.
Mazkur muammoni keltirib çiqargan ixtisoslaşgan söyiş korxonasi binolari 2014 yil «Obod Savdo Biznes» MÇJ tasarrufiga ötgan va bu borada Qibray tumani hokimining tegişli qarori qabul qilingan. Ixtisoslaşgan söyiş korxonasi 2018 yilda işga tuşirilgan, lekin hujjatlar söralganda, aynan ixtisoslaşgan söyiş korxonasi uçun tegişli taşkilotlar xulosalari taqdim qilinmagan.

Kuşxona hududidan çiqayotgan oqova suv uçun qilingan öralar gidroizolyatsiyalangan (betondan yasalgan), lekin oqova yiğilmasdan dala va zax ariqqa oqizilgan. Oqova suv öradan tortib olinişi, çiqindilarni olib çiqiş borasida maxsus taşkilotlar bilan şartnoma tuzilmagan. Kuşxonani yuviş vaqtida çiqqan qon aralaş suv va söyilgan mol içaklari kuşxonaning orqa tomonidagi dalaga çiqarilişi sabab u yerda ham tartibsiz holat yuzaga kelgan. Sanitariya talablari buzilgan.

Toşkent viloyat ekologiya boşqarmasi, Sanitariya-epidemiologiya osoyiştaligi agentligining hududiy boşqarmasi aniqlangan muammoni bartaraf etiş çoralarini köriş uçun zarur tavsiyalar bergan va vaziyat nazoratga olingan. Ayni damda yuqorida bayon etilgan masalalarni bartaraf qiliş yuzasidan körsatmalar berilib, kuşxonadan çiqayotgan oqova suvning ariqqa oqizilişi töxtatilgan.
Holat yuzasidan tegişli hujjatlar tadbirkorlar huquqini himoya qiliş böyiça vakilga taqdim etiş uçun tayyorlanmoqda.












