Bojxona qömitasi maʼlumotiga köra, tadbir qömitaning Kontrabandaga qarşi kuraşiş boşqarmasi va Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari hamkorligida ötkazilgan.

Tezkor-qidiruv tadbirlari davomida dala maydonidagi daraxtlar orasiga yaşirilgan törtta xöjalik qopi topilgan. Ularning içida 109 ta öram bölgan.

Markaziy bojxona laboratoriyasi xulosasiga köra, öramlardagi modda salkam 95 kilogramm gaşiş ekani tasdiqlangan.

Şundan söng giyohvandlik vositalarini olib ketişga keladigan şaxslarni aniqlaş maqsadida hudud kuzatuvga olingan. Sakkiz kun ötib, yaşirin joyga kelgan ikki fuqaro uşlangan.

Holat yuzasidan Bojxona qömitasining Suriştiruv va maʼmuriy amaliyot boşqarmasi jinoyat işi qözğatib, uni tergov organiga yuborgan.

Keyingi tergov harakatlarida giyohvandlik vositalarini uşbu joyga yaşiriş va keyinçalik olib ketiş haqida topşiriq bergan şaxs ham aniqlanib, qölga olingan. Qömitaga köra, u muqaddam benzin kontrabandasi bilan boğliq jinoyat uçun jinoiy javobgarlikka tortilgan.

Bojxona qömitasi keltirgan dastlabki hisob-kitoblarga köra, olib qöyilgan gaşiş oxirgi isteʼmolçigaça yetib borgan taqdirda, uning qora bozordagi qiymati 10 million AQŞ dollaridan oşişi mumkin edi.