Ma’lum qilinişiça, Qozoğistondan Toşkent viloyati Qibray tumanidagi “S.Najimov” çegara bojxona posti orqali kirib kelgan yuk avtotransport vositasi bojxona nazoratidan ötkazilgan. Tekşiruv jarayonida oziq-ovqat mahsulotlari orasiga yaşirilgan 52 turdagi, jami 95 ming 369 dona tibbiyot buyumlari va dori vositalari aniqlangan.
Avtotransport vositasini Farğona viloyati Oltiariq tumanida yaşovçi, 1973 yilda tuğilgan fuqaro boşqarib kelayotgani ma’lum böldi.

Tezkor tadbir davomida noqonuniy yuklarni qabul qilib olgan vaqtida Toşkent tumanida yaşovçi, 1986 yilda tuğilgan şaxs ham aşyoviy dalillar bilan uşlangan.
Tegişli baholaş xulosasiga köra, musodara qilingan tibbiy vositalarning umumiy qiymati 1 milliard 323 million sömni taşkil etgan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
DXX fuqarolarni şu kabi qonunbuziliş holatlari haqida 1520 qisqa raqami orqali xabar berişga çaqirdi. Şaxs sir saqlanişi kafolatlanişi ta’kidlandi.













