Jahon turizm taşkilotining (UNWTO) sönggi ma'lumotlariga köra, dunyo böylab har uç yönalişdan bittasi xalqaro turizm uçun töliq yopilgan. Ayniqsa Covid-19’ning yangi ştammlari paydo bölişi köplab hukumatlar, xususan, Osiyo-Tinç okeani mintaqasi va Yevropada sayohatlardagi çeklovlarni bekor qiliş rejalaridan voz keçişga majbur qildi. 

«Dunyodagi har uç yönalişdan biri yoki 32 foiz davlatlar xalqaro sayyohlik uçun töliq yopilgan», deyilgan taşkilot bayonotida.

Qayd etilişiça, epidemiologik vaziyatning jiddiyligi hukumatlarni yanada ehtiyotkorona munosabatda bölişga çorlamoqda. Şuningdek, 34 foiz mamlakatlar turizm uçun qisman yopiq.

«Virus tarqalişini çeklaş uçun turizm sohasida çeklovlar keng qöllandi. Endi, turizmni qayta boşlaş ustida iş olib borar ekanmiz, çeklovlar yeçimning faqat bir qismi ekanligini tan olişimiz kerak. Ulardan foydalaniş sönggi ma'lumotlar va tahlillarga asoslangan bölişi va doimiy ravişda qayta körib çiqilişi lozim. Aks holda, millionlab odamlarni iş bilan ta'minlaydigan sohaning qayta tiklaniş imkoniyati yöq», deya ta'kidladi UNWTO boş kotibi Zurab Pololikaşvili.

Taşkilot ma'lumotlariga köra, 217ta yönalişdan 69tasi töliq yopilgan, şulardan 30tasi Osiyo-Tinç okeani mintaqasi, 15tasi Yevropa, 11tasi Afrika, 10tasi Şimoliy va Janubiy Amerika, uçtasi Yaqin Şarq mamlakatlariga töğri keladi.

Ma'lumot uçun, 2020 yil aprel oyida dunyo böylab barça mamlakatlarda turizmga çeklovlar örnatilgan. Yil oxiriga kelib xalqaro turizm 74 foizga, tuşadigan daromadi esa 1,3 trillion dollarga kamaygan.

Avvalroq, Özbekiston boş vaziri örinbosari Aziz Abduhakimov Özbekistonga 2020 yilda jami 1 mln 504 ming turist taşrif buyurib, ularga 261 million dollarlik turizm xizmati körsatilganini aytib ötgandi.