Innovatsion rivojlaniş vazirligi 2020 yil yakunlari böyiça matematika, biologiya, kimyo va geologiya fanlaridan eng yuqori reytingga erişgan yoş olimlarni 100 mln sömgaça pul mukofoti bilan taqdirlagan edi.

Kun.uz muxbiri biologiya böyiça eng yaxşi deb topilgan olimlardan biri Tohir Bozorov bilan suhbatlaşdi. Tohir Bozorov hozirda ÖzFA Genetika va ösimliklar eksperimental biologiyasi instituti ilmiy xodimi sifati faoliyat yuritib kelmoqda.

U suhbat davomida ilm yölidagi maşaqqatlari, bugungi kunda ilm-fanga bölayotgan e'tibor va qarorlar, ularning amaldagi körinişi, ilm-fandagi özi kuzatgan kamçiliklar, laboratoriyalarda zarur uskunalarning yetişmasligi haqida gapirdi.

«Özim haqimda»

Özbekiston Milliy universiteti Biologiya-tuproqşunoslik fakultetida avval bakalavr, söng magistr darajasini olib, FA Ösimliklar eksperimental biologiyasi institutida aspiranturada, 2008-2012 yillarda Germaniyaning Maks Plank nomidagi jamiyatning Kimyo ekologiyasi institutida doktoranturada öqidim.

Bu ilmiy muassasa ilmiy tadqiqotlar olib boriş böyiça dunyoda top-3likka kiradi. Bu joyda men ösimliklarda haşarotlarga böladigan javob reaksiyalarni molekulyar darajada örganiş ustida ilmiy iş qildim.

Himoyadan keyin Özbekistonga kelib ösimliklarda metabolomika, molekulyar genetika va biostatistika sohalarida ilmiy tadqiqotlar olib bordim. 2016 yilda Xitoy Fanlar akademiyasi Şinjon Ekologiya va geografiyasi instituti taklifiga bilan u yerga bordim. Öşa yili Xitoy Fanlari akademiyasi prezidenti taşabbusi bilan çet el olimlari uçun e'lon qilinadigan bir neçta stipendiyalarni olişga muvaffaq böldim. Avval postdoktorant, assistent professor va assoşieyt professori kabi lavozimlarda işlab, ilmiy faoliyat olib bordim.

«Özbekistonda ilm 70-yillardagi holatida qolib ketgan»

Özbekistonda ilm-fan barça yönalişlarda XX asr 70-yillari holatida turğun qotib qolgan. Barça sohalarda: biologiya, kimyo yoki fizika böladimi, şu ahvol.