40 yoşgaça bölgan, «Hirş» indeksi eng yuqori olimlar tanlab olinib, har bir öringa 100 mln sömdan pul mukofotlari topşirildi. Ğoliblarni xalqaro miqyosda nufuzga ega bölgan Elsevier kompaniyasi aniqlab berdi.

Tadbirda sözga çiqqan innovatsion rivojlaniş vaziri Ibrohim Abdurahmonov bu kabi rağbatlantirişlar yoşlarni ilmga qiziqtirişi, örnak olişga çaqirişini alohida ta'kidlab ötdi.

Ibrohim Abdurahmonov

«Prezident tomonidan iqtidorli yoşlarni rağbatlantirib boriş tizimini yölga qöyiş böyiça topşiriqlar berilgan edi. Şuning ijrosi sifatida dunyoda tanilgan, «Hirş» indeksi eng yuqori, 40 yoşgaça bölgan olimlar tanlab olindi va ularga 100 mln sömdan pul mukofoti taqdim etildi. 

Fan yönalişlarini tanlaşda prezidentimiz 2020 yilda ustuvor deb belgilagan matematika, biologiya, kimyo va geologiya fanlari asos qilib olindi.

Hamma joyda ham manfaatdorlik yuqori, rivojlaniş tendensiyasini körsak, 3-4 yil içida jamiyatimizda, xususan, ilmda tijoratlaştiriş orqali manfaatdorlik paydo böldi. 

Bugungi taqdirlaşdan şuni tuşuniş kerakki, bu yoşlarimizga örnak bölsin. Ilm şunçaki maqolalar, kitoblar yoziş uçun emas, ilmga xizmat qilinsa, uning orqasidan jamiyat e'tirof etişini namuna sifatida körsatmoqçimiz.

Bu kabi taqdirlaşlarni kengaytirib borişni rejalaştirganmiz. 2021 yilda fizika va çet tili yönalişlarini, keyinçalik gumanitar fan yönalişlarini ham qamrab olamiz», deya ta'kidladi innovatsion rivojlaniş vaziri.

Törtta fan yönalişi böyiça 6 nafar yoş olim taqdirlandi. Matematika va kimyo yönalişlarida bir nafardan olim ğolib bölgan bölsa, biologiya va geologiya yönalişlarida ikki nafardan olimning «Hirş» indeksi teng keldi, xalqaro tajribaga asosan umumiy summa ikki olimga teng taqsimlandi.

Mukofotlangan olimlar:

matematika —Abror Xudoyberdiyev;

kimyo —Obid Tursunov;

biologiya — Uluğbek Abdufattoyev, Tohir Bozorov;

geologiya — Şamşodbek Akmalov, Elyor Toşmatov.

Olimlarni taqdirlaşga sarflangan mukofot mablağlari Yoşlar akademiyasi hisobidan moliyalaştirildi.