15 mart –  Butunjahon iste'molçilar huquqlari kuni. Har yili turli şiorlar bilan ötkaziladigan tadbirning bu galgi mavzusi «Plastik moddalar bilan ifloslanişga qarşi kuraşiş» deb nomlandi.

Xalqaro iste'molçilar taşkiloti prezidenti doktor Marimutu Nadasun Özbekiston iste'molçilar huquqlarini himoya qiliş jamiyatlari federatsiyasiga  yöllagan murojaatida plastik moddalarning insoniyat uçun zararli jihatlari haqida fikr bildirdi, deya xabar qilmoqda Kun.uz muxbiri.

«Xalqaro iste'molçilar huquqlari kuniga bağişlangan tadbir jahonning 100dan ortiq mamlakatida ötkaziladi. Ma'lumotlarga köra, şu paytgaça butun dunyoda işlab çiqarilgan plastik materiallarning faqat 9 foizigina qayta işlangan xolos. Ularning aksariyati çiqindi joylari va atrof-muhitga borib tuşmoqda.

Bir marta işlatilgan plastik idişlardan qayta foydalanmaslikka çaqiramiz. Çunki plastik materiallar köplab muammolarni keltirib çiqaradi. Ularning aksariyati biologik yöl bilan çirimaydi. Tadqiqotlarga köra, tuproq va suvni bulğayotgan plastik materiallar çirib bitişi uçun minglab yillar kerak böladi. Plastik çiqindilar suv yöllarini tösadi va tabiiy ofatlarni kuçaytirişi mumkin. Kanalizatsiya va suv yöllariga tiqilib qolişi bilan paşşa va haşarotlar urçişiga zamin yaratib berişi, bezgak singari suvda paydo böladigan kasalliklar tarqalişiga sabab bölişi mumkin.

 Köpinça delfinlar va toşbaqalar oziq-ovqat deb adaştirgani sababli plastik xaltalar ularning organizmiga tuşadi. Plastik buyumlarni tayyorlaş jarayonida qöşiladigan zararli kimyoviy moddalar hayvonlar hujayralariga ötayotgani va pirovardida insoniyatning oziq-ovqat zanjiriga tuşayotganiga oid isbotlar bor.

Kanserogen, ya'ni saraton kasalligi qözğovçi öta zaharli penopolistirol mahsulotlari organizmga tuşganda asab tizimi, öpka va reproduktiv organlarni zaharlaydi. Plastik çiqindilarni yoqiş havoga zararli gazlar çiqişiga sabab böladi», – dedi xalqaro taşkilot rahbari.

Aytilişiça, hozirda insoniyat global plastik ifloslaniş inqiroziga duç kelmoqda. Garçi plastik kundalik hayotda juda foydali material bölsa-da, plastmassalarning zararli tomonlari ham bisyor.

Masalan, har yili 100 mingta dengiz sutemizuvçilari va toşbaqalari, 1 millionta dengiz quşlari dengizning plastmassa bilan ifloslanişi tufayli nobud böladi. Yiliga taxminan 8 million tonna plastik dunyo okeaniga tuşadi. Bir marta işlatiladigan plastmassalar har yili işlab çiqariladigan plastmassaning 50 foizini taşkil qiladi. Işlab çiqarilgan plastmassaning 40 foizi qadoqlanadi va bir marta işlatilgandan söng taşlab yuboriladi.