Fransiyada plastik çaşkalar, likopçalar va boşqa şunday materialdan tayyorlangan idişlar iste'moldan çiqarilişi hamda örniga biologik toza mahsulotlardan idişlar işlab çiqarişni yölga qöyişni nazarda tutuvçi qonun loyihasi qabul qilindi. Bu haqda The Independent xabar tarqatgan.
Uşbu qonun 2020 yildan kuçga kiradi. Bu qonun Fransiya hukumatining iqlim masalalariga qarşi kuraşining bir qismidir.
Bir qator ekologik taşkilotlar uşbu taqiqni qöllab-quvvatlaşdi. Şu bilan birga bu qonun loyihasi mualliflari Yevropa ittifoqining mahsulotlarni erkin taşiş tamoyiliga zid harakat qilganiga e'tibor qaratganlar ham bölgan.
Bundan oldinroq, Buyuk Britaniyada maxsus davlat dasturi orqali plastik paketlarga bölgan sörov 90 foizga qisqargani haqida xabar berilgandi.









