Navbahor tumanida «Mengi Tekstil group» yengil sanoat tikuvçilik korxonasi oçildi. Uşbu korxonada işlab çiqarilgan trikotaj mahsulotlari asosan eksport qilinişi va içki bozorlarga yönaltirilişi rejalaştirilgan.
Tuman hokimligi matbuot xizmatining Kun.uz'ga ma'lum qilişiça, Turkiya davlatining «Mengi Tekstil group» MÇJ tomonidan taşkil etilgan uşbu loyihaning umumiy qiymati 5,5 milliard sömga teng. Yaratilgan 400 ta yangi iş örinlariga tumandagi işsiz fuqarolar, «Ayollar daftari» va «Yoşlar daftari»ga kiritilgan xotin-qizlar qabul qilingan.


Loyihaning quriliş işlari 2020 yilning mart oyida boşlangan edi. Bugungi kunda quriliş va montaj işlari töliq yakunlangan hamda korxonaga 175 ta tikuv maşinasi, 20 ta dazmollovçi, 3 ta rang bosuvçi hamda 2 ta qadoqlovçi dastgoh keltirib örnatilgan.

Oldinroq Karmana tumanida ham «Baxt Jaloyir» tikuvçilik korxonasi iş boşlagan edi.











