Uy-joy kommunal xizmat körsatiş vaziri Şerzod Hidoyatov Çirçiqdagi yangi issiqlik ta'minoti qozonxonasi taqdimoti bilan taniştirdi. Vazirning Angren şahrida köp qavatli uylarning tomlari ta'mirdan çiqqanda u yerda istiqomat qiluvçi aholining kayfiyati haqidagi gaplarini tinglagan prezident şunday degan: «Nafaqat uylarning tomi, balki bolalar maydonçasi ham quriş, xalqqa hamma şaroitni yaratiş, qilinayotgan işlarni ularga töğri tuşuntiriş kerak».
Davlat rahbari buning uçun kerakli mablağ ajratiş haqida kerakli körsatmalarni berdi.
«Töğri tuşuninglar, heç qaysi viloyatda 7ta şahar yöq. Şahar – bu alohida infrastruktura degani. Kerakli şaroitni qilmasak bölmaydi. Agar 10 yil avval şu işlarni boşlaganimizda edi, bu darajaga kelmasdik. Lekin keç bölsa ham amalga oşirib, xalqni rozi qilişimiz kerak», deya uning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Şuningdek, Şavkat Mirziyoyev Toşkent viloyatida ham «Toşşaharnur» kabi taşkilot tuzib köçalarni yoruğ qiliş, obodonlaştiriş taklifini qöllab-quvvatladi. Mazkur taşkilot xodimlarining 28 mlrd söm miqdoridagi maoşlarini ajratiş haqida topşiriq berdi.
Avvalroq, Şavkat Mirziyoyev Quyi Çirçiqda şoli yetiştirib, uni qayta işlaydigan korxona faoliyati bilan tanişgani haqida xabar berilgan edi.












