Vazirlar Mahkamasining “Fuqarolar taşabbusi asosida şakllantirilgan tadbirlarni moliyalaştirişga tuman (şahar)lar budjetlari mablağlarini ajratiş va ulardan foydalaniş tartibi töğrisidagi namunaviy nizomni tasdiqlaş töğrisida”gi qarori loyihasi e'lon qilindi.

Nizomga köra, tuman (şahar) budjeti mablağlari qonunçilikda belgilangan miqdorda, jamoatçilik tomonidan ovoz beriş natijalariga köra, fuqarolar taşabbusi asosida şakllantirilgan tadbirlarni moliyalaştirişga yönaltiriladi.

Fuqarolar taşabbusi jarayonining ötkazilişi, saralab olinişi va tuman (şahar) budjeti mablağlari yönaltirilişi namunaviy sxema asosida amalga oşiriladi.

Tuman (şahar) budjetlarining qonunçilikda belgilangan miqdoridagi mablağlari tegişli hokimliklar qoşida oçilgan “Fuqarolar taşabbusi jamğarmasi” maxsus ğazna hisobraqamida jamlanadi. Maxsus ğazna hisobraqamida jamlangan mablağlar faqatgina fuqarolar taşabbusi asosida şakllangan tadbirlarni moliyalaştiriş uçun yönaltiriladi. Uşbu hisobraqamga nisbatan xarajatlarni vaqtinçalik çeklaş yoki mavjud mablağlarga inkasso qöllaş, yoxud sud va boşqa organlar qarorlariga köra ehtiyot çorasi sifatida xarajatlari töxtatib qöyilişiga yöl qöyilmaydi.

Tuman (şahar)lar budjetlarining “Fuqarolar taşabbusi jamğarmasi” maxsus ğazna hisobraqamiga mazkur mablağlar:

tuman (şahar)lar budjetlarining şakllangan qöşimça mablağlarini taşabbusli budjet jarayoni uçun yönaltiriş maqsadida mablağlar şakllangan kundan boşlab 3 iş kunida;

tegişli tuman (şahar) budjetlari yoyilmasida joriy yil uçun közda tutilgan mablağlarning 50 foizdan kam bölmagan miqdorida fevral oyida, qolgan qismi iyul oyida ötkaziladi.

Taşabbusli budjet jarayoniga sörovnoma ötkazilayotgan davrdagi “Fuqarolar taşabbusi jamğarmasi” maxsus hisobraqamidagi mavjud jami mablağlar yönaltiriladi.

Sörovnoma yakunlariga köra ğolib çiqqan tadbir(lar) moliyalaştirilgandan söng, e'lon berilgan mablağga nisbatan qoldiq vujudga kelsa, uşbu mablağlar keyingi çorakda taşabbusli budjet jarayoni uçun qayta yönaltiriladi.

Taşabbusli budjet jarayoni yiliga kamida ikki marotaba (fevral va iyul oylarida) ötkaziladi.

Jamoatçilik fikri “Oçiq budjet” axborot portalida ovoz beriş yöli orqali şakllantiriladi.

Tuman (şahar)lar budjetlari mablağlarini fuqarolar taşabbusi asosida şakllantirilgan tadbirlarga ajratiş jarayonini muvofiqlaştiriş maqsadida tuman (şahar) budjeti hisobidan amalga oşiriladigan, fuqarolar taşabbusi asosida şakllantirilgan tadbirlarni umumlaştiruvçi komissiya tuziladi.

Bunda, tuman va şahar hokimlari tomonidan komissiya tarkibiga özgartirişlar kiritilişi mumkin.

Fuqarolar taşabbusi jarayonini amalga oşiriş maqsadida tuman (şahar) budjetlari mablağlarini yönaltirilişi hamda uning sarflanişini boşqariş böyiça işçi organ etib tegişli tuman (şahar) hokimligi moliya bölimlari belgilanadi. Mazkur vazifalarni bajariş uçun tuman (şahar) hokimligi moliya bölimlari tarkibiy tuzilmasiga 1 ştat birligi kiritiladi.

Fuqarolar taşabbusi asosida şakllantirilgan tadbirlarni moliyalaştirişga tuman (şahar)lar budjet mablağlarini ajratiş bilan boğliq jarayonlarni ommaviy axborot vositalarida yoritiş (hududiy telekanallar va radiokanallarda çiqişlar, turli körgazmaviy buklet va tarqatma materiallar tayyorlaş, naşrlar çop etiş) bilan boğliq xarajatlar tegişli tuman (şahar) hokimliklari zaxira jamğarmalari hisobidan amalga oşiriladi.

Eslatib ötamiz, kuni keça «Budjet jarayonida fuqarolarning faol iştirokini ta'minlaş böyiça qöşimça çora-tadbirlar töğrisida»gi prezident qarori loyihasi ham muhokamaga qöyilgandi.

Unga asosan, 2022 yildan boşlab fuqarolar taşabbusi jarayoni uçun barça tumanlar va şaharlar budjetlari tasdiqlangan xarajatlarining 5 foiziga teng miqdordagi mablağlar hamda qöşimça mablağlarining kamida 30 foizi yönaltirilişi mumkin.