«Aholi va tadbirkorlik sub'yektlariga davlat xizmatlaridan foydalanişda yanada qulay şaroitlar yaratiş, bu borada byurokratik tösiqlarni qisqartiriş böyiça qöşimça çora-tadbirlar töğrisida»gi prezident farmoni qabul qilindi.
Farmonga asosan, 2021 yil 1 iyundan quyidagilar eksterritorial tamoyil asosida amalga oşiriladi:
- 7 ta turdagi fuqarolik holati dalolatnomalarini (tuğiliş, nikoh tuzilganligi, nikohdan ajraliş, ölim, ism va familiyani özgartiriş, otalikni belgilaş hamda farzandlikka olişni) qayd etiş;
- nikohlanuvçi şaxslarni tibbiy körikdan ötkaziş;
- xorijga çiqiş biometrik pasportini rasmiylaştiriş.
2021 yil 1 maydan xorijga çiqiş biometrik pasportini rasmiylaştiriş uçun ariza-anketani va davlat bojini elektron şaklda YaIDXP orqali tölaş imkoniyati yaratiladi.
2021 yil 1 iyundan 16 yoşga tölgan şaxslarga ID-kartalari beriş ularni soliq tölovçi sifatida va pensiya tizimida hisobga qöyiş bilan bir vaqtda amalga oşiriladi.
Notarial harakatlarni amalga oşirişda FHDYo bilan boğliq barça ma'lumotlar fuqarolardan talab qilinmasdan, elektron tizim orqali olinadi.
QR-kod (matrik ştrixli kod) orqali berilgan hujjatlar böyiça ularning dublikatlarini beriş tartibi bekor qilindi. Endilikda uşbu hujjatlarning dublikatini YaIDXP orqali bepul oliş mumkin.
Tadbirkorlik sub'yekti bölgan yuridik şaxslarning vakiliga davlat xizmatlaridan foydalaniş uçun yiğim va davlat bojini naqd pul şaklida tölaşga ruxsat berildi.
Şuningdek, xorijiy tijorat taşkilotlarining Özbekistondagi vakolatxonasi xodimini akkreditatsiya qilişda OITS kasalligi yöqligi töğrisidagi sertifikatni talab qiliş amaliyoti bekor qilindi.
2021 yil 1 iyundan:
- Davlat xizmatlari agentligi yuridik şaxslarni (nodavlat notijorat taşkilotlari, banklar va kredit byurolaridan taşqari) davlat röyxatidan ötkaziş böyiça yagona vakolatli organ deb belgilandi.
- Şuningdek, hozirda röyxatdan ötkazişning huquqiy asosiga ega bölmagan davlat organlari va taşkilotlarini, yuridik şaxslar birlaşmalari, şirkatlar, matlubot va kooperativlar hamda advokatlik tuzilmalarini davlat röyxatidan ötkaziş davlat xizmatlari markazlari tomonidan amalga oşirilişi belgilandi.
Davlat va bank xizmatlarini körsatişda JŞŞIR şaxsni tasdiqlovçi yagona identifikator deb belgilandi
Pasport nusxasi, 3x4 surat va boşqalar: davlat organlari endi söramaydigan 18 ta hujjat (röyxat)












