DW xabariga köra, dastur haqidagi maʼlumot 2-oktabr kuni Argentinaning rasmiy davlat portalida eʼlon qilingan.

Dasturda iştirok etişning ikki varianti belgilangan: birinçisi - davlat ğaznasiga qaytarilmaydigan mablağ ötkaziş, ikkinçisi - maxsus davlat obligatsiyasiga investitsiya kiritiş.

Ariza beruvçilarning şaxsi va mablağlari tekşiruvdan ötkazilişi nazarda tutilgan.

Oila aʼzolari uçun qöşimça badal tölanadi

Investorning turmuş örtoği va farzandlari ham fuqarolik oliş uçun ariza topşirişi mumkin. Biroq ular uçun qöşimça mablağ talab etiladi.

Turmuş örtoği, şuningdek, nikohdan ötmagan va farzandi bölmagan 18–25 yoşdagi har bir farzand uçun 100 ming dollardan qöşimça badal belgilangan.

18 yoşga tölmagan har bir farzand uçun esa 25 ming dollar tölaş kerak böladi.

Rasmiy bayonotda keltirilgan misolga köra, asosiy ariza beruvçi, uning turmuş örtoği va ikki nafar voyaga yetmagan farzandidan iborat oila jami 500 ming dollar tölab, Argentina fuqaroligiga ariza berişi mumkin. Bu hisob qaytarilmaydigan badal variantiga mos keladi.

Mablağ qayerdan olingani tekşiriladi

Argentina hukumati dastur doirasida pul yuviş va terrorizmni moliyalaştirişga qarşi xalqaro standartlarga rioya qilişini bildirgan.

Tekşiruvda ariza beruvçining şaxsi, obroʻ-eʼtibori, sudlanganlik holati va migratsiya tarixi örganiladi.

Şuningdek, mablağlarning qonuniy kelib çiqişi hamda ular boğliq bölgan yurisdiksiyalar böyiça xavflar baholanadi.

Argentina dastur orqali sarmoya jalb qilmoqçi

Argentinada «oltin pasportlar» dasturini joriy etiş rejalari haqida avvalroq Financial Times yozgan edi.

Naşrga köra, mamlakat şu yöl bilan yaqin yillardagi qarz majburiyatlarini qoplaş uçun önlab milliard dollar jalb qilişni közlamoqda.

DW Argentina bunday dasturga ega Janubiy Amerikadagi birinçi davlat bölişini qayd etgan. Xabarda Argentina fuqarolari qariyb 170 davlatga vizasiz kirişi mumkinligi ham keltirilgan.