Vazirlar Mahkamasining “2021-2022 yillarda Xiva şahrini kompleks rivojlantiriş dasturi töğrisida”gi qarori loyihasi e'lon qilindi.
Turizmni rivojlantiriş davlat qömitasi, Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligi, Moliya vazirligi, Xorazm viloyati hokimligi Turizmni rivojlantiriş davlat qömitasi qoşidagi Xiva turizm va servis kolleji binosi negizida turizm sohasida yetuk kadrlar tayyorlaş borasida xalqaro nufuzli oliy ta'lim muassasasi filialini taşkil qiliş yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritadi.
Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Mahalla va oilani qöllab-quvvatlaş vazirligi, Davlat aktivlarini boşqariş agentligi, Yoşlar işlari agentligi, Xorazm viloyati hokimligining Urganç davlat universitetiga qaraşli
Xiva qişloq xöjaligi texnikumi yotoqxonasi va Toşkent şahar şarqşunoslik institutiga qaraşli Xiva şarq tillari va xizmat körsatiş texnikumi işlab çiqariş sex binolari optimizatsiya natijasida böş turganini inobatga olib, mazkur binolardan samarali foydalaniş maqsadida Xiva şahar hokimligi balansiga beğaraz ötkaziş hamda ayollar va yoşlarni kasbga öqitiş markazi hamda yoşlar sanoat zonasi taşkil qiliş töğrisidagi takliflari ma'qullanadi.
Madaniyat vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, Xiva şahar hokimligi tegişli vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2021 yil yakuniga qadar “Içan qal'a” davlat muzeyi qöriqxonasi “Karvonsaroy” madaniy meros obekti negizida hunarmandçilik mahsulotlarini master klass tarzida işlab çiqariş va sotişga möljallangan “Şarq bozori”ni taşkil qiladi.
Investitsiyalar va taşqi savdo vazirligi, Moliya vazirligi, Quriliş vazirligi, Madaniyat vazirligi, Xorazm viloyati hokimligi hunarmandlarni qöllab-quvvatlaş, ularga savdo nuqtalari taşkil etiş va aholi dam oladigan maskanlar barpo etiş maqsadida “Içan qal'a” davlat muzeyi qöriqxonasi atrofi va Ma'mun akademiyasi xiyoboni hududida 4,5 km. uzunlikdagi sayilgoh taşkil qiladi. Sayilgoh taşkil qiliş uçun investitsiya dasturi doirasida har bir tuman, şaharda piyoda va veloyölakçalar taşkil etiş, obodonlaştiriş uçun 6,8 mlrd söm ajratiladi.











