Adliya vazirligi xabariga köra, har bir mahalla, oila va şaxs kesimida huquqbuzarliklar oldini oliş va jinoyatçilikka qarşi kuraşişga oid muammolar bevosita joylarning özida hal etiladi.

Içki işlar organlari tayanç punktlari negizida mahalla huquq-tartibot maskanlari taşkil etiladi. Dastlab mahalla huquq-tartibot maskanlari Toşkent şahrida namunaviy tarzda taşkil etiladi.

Toşkent va Samarqand viloyatlarida 2021 yil 1 iyungaça profilaktika inspektoriga masofadan turib murojaat yuboriş va uni körib çiqiş jarayonini kuzatib boriş imkonini beruvçi “Smart mahalla” axborot dasturi işga tuşiriladi. Mazkur axborot dasturi 2021 yil yakunigaça respublika boşqa hududlarida işga tuşiriladi.

Içki işlar vazirligi tuzilmasida quyidagilar taşkil etildi:

  • Jinoyat qidiruv boş boşqarmasi, Terrorizm va ekstremizmga qarşi kuraşiş boş boşqarmasi, Tezkor-qidiruv hamkorligi boşqarmasini öz içiga oladigan Tezkor-qidiruv departamenti;
  • Patrul-post xizmati va jamoat tartibini saqlaş boş boşqarmasi, Huquqbuzarliklar profilaktikasi boş boşqarmasi, Yöl harakati xavfsizligi boş boşqarmasi, Probatsiya xizmatini öz içiga oladigan Jamoat xavfsizligi departamenti;
  • Transportda xavfsizlikni ta'minlaş boş boşqarmasi, Xavfsiz turizmni ta'minlaşni muvofiqlaştiriş boşqarmasini öz içiga oladigan Transport va turizm obektlarida xavfsizlikni ta'minlaş departamenti;
  • Kadrlar boş boşqarmasi, Ma'naviy-ma'rifiy işlar boşqarmasi, kasbiy tayyorgarlik boşqarmasini öz içiga oladigan Ma'naviy-ma'rifiy işlar va kadrlar bilan ta'minlaş departamenti;
  • Huquqiy statistika va tezkor-hisob ma'lumotlar markazi (Boş prokuraturaning Jinoiy-huquqiy statistika boşqarmasi va uning hududiy bölinmalari tugatildi);
  • Jamoat xavfsizligi masalalari ilmiy-amaliy tadqiqotlar markazi.

Şuningdek, Jazoni ijro etiş boş boşqarmasi Içki işlar vazirligi huzuridagi Jazoni ijro etiş departamenti etib qayta taşkil etildi.

Hududiy içki işlar organlarining tuzilmasida içki işlar organlari boşliqlarining jamoat tartibini saqlaş böyiça, probatsiya va jazoni ijro etiş masalalari böyiça örinbosari, huquqbuzarliklar profilaktikasi boşqarmasi (bölimi) boşliği lavozimlari tugatildi.