Turkiyaning Istanbul şahrida Qora dengiz va Örta Yer dengizni boğlovçi kanal (Kanal Istanbul Project) quriş rejasi ma'qullandi. «Ikkinçi Bosfor» deb ta'riflanayotgan kanalning uzunligi 45 km.ni taşkil etadi.
Turkiyaning atrof-muhit va urbanizatsiya vaziri Murod Qurumning ma'lum qilişiça, yangi kanal Bosfor böğozidan 20-30 km ğarbdan ötadi.
«Biz Kanal Istanbul Project loyihasini rivojlantiriş rejasini ma'qullab, jamoatçilik muhokamasiga olib çiqdik. Kanal qurilişi mamlakat rivoji uçun jadal qadam böladi», deb yozgan vazir Tvitterdagi sahifasida.
Kanal qurilişi uçun 75 milliard turk lirasi (9,2 milliard dollar) sarflanişi kutilmoqda. Kanal böylab haşamatli turar joylar quriş rejalaştirilgan. Avvalroq uşbu loyihani Turkiya prezidenti Rajab Erdöğan ham qöllab-quvvatlagan.
Turkiya hukumati Suvayş kanalining Ever Given kemasi bilan tösilib qolişini misol qilgan holda Bosfor tabiiy böğozi Qora dengiz va Örta Yer dengizni boğlovçi yagona arteriya sifatida qöllanişining xavfli ekaniga yana bir bor e'tibor qaratdi. Har yili böğoz orqali 40 mingdan köproq kema, jumladan, tankerlar ötadi. Bu orada böğozning kemalarni xavfsiz ötkaziş qobiliyati yiliga 20-25 ming kemaga baholanadi.
«Ikkinçi Bosfor» loyihasiga qarşi çiqayotganlar ham talaygina. Ularning ta'kidlaşiça, yangi kanal 17 million kişilik Istanbulni içimlik suvi bilan ta'minlovçi suv omborlari orqali yoki ularning yonidan ötadi va megapolisning suv ta'minoti bilan boğliq murakkab vaziyatni yanada yomonlaştirişi mumkin.
Bundan taşqari, köplab siyosatşunoslar yangi kanal Qora dengizga töğridan töğri çiqa olmaydigan davlatlar harbiy kemalarining Bosfor va Dardanell böğozlaridan ötişini çeklovçi 1936 yilgi Montryo konvensiyasi ta'siri ostidan çiqarilişi mumkinligidan xavotirda.












